Hind yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hind yozuvi — Janubi-Sharqiy Osiyodagi yozuvlar guruhi. Bu yozuvlar kelib chiqishidagi umumiylik va alifbolari tuzilishidagi yagona prinsip jihatidan bir-biri bilan bogʻlangan. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal, va Shri-Lanka davlatlaridan tashqari ularga qoʻshni boʻlgan hududlarda ham tarqalgan (shimolda — Tibet va Markaziy Osiyodan Moʻgʻulistongacha; janubda — Birmada, Hindixitoy yarim orolida, va Indoneziyada). Hind yozuvining bu hududlarga kirib borishi shu joylarda buddaviylik dini va adabiyotining tarqalishi bilan (asosan milodiy 1-ming yillikda) bogʻliq. Hind yozuvi oʻnlab koʻrinishlarga ega. Shulardan muhimlari quyidagilar: Hindistonning oʻzida Moxenjo-Daro, Xarappa va boshqa joylardan topilgan miloddan avvalgi 3-2-ming yilliklarga taalluqli iyeroglifik yozuv.

Hind yozuvi - Jan. va Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan, kelib chiqishidagi umumiylik va alifbolari tuzilishidagi yagona (fonetik) tamoyilga koʻra oʻzaro bogʻliq koʻplab yozuvlar guruhi. H.yo. koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal va Shri Lankaning oʻzidan tashqari ularga qoʻshni hududlarda — Tibet va Markaziy Osiyoda, Birmada, Hindixitoy yarim oroli hamda Indoneziyada ham tarqalgan. H.yo.ningasosan mil. 1-ming yillikda Hindistonga chegaradosh mamlakatlarga kirib kelishi bu hududlarga budda dini va adabiyotining tarqalishi bilan bogʻliq. H.yo.ning koʻrinishlari soni 20—30 ta oraligʻida boʻlib, jadvalda ularning baʼzi muhimlari-gina koʻrsatildi.

Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Dastlab oʻqilgan yodgorliklar (mil. av. 3-a.ga mansub) keyingi yozuvlar uchun asos boʻlgan boʻgʻinli brahmi yozuvida bitilgan boʻlib, bu yozuv chapdan oʻngga qarab yozilgan. Hindistonning shim.-gʻarbida mil. av. 3-a.dan mil. 5-a.gacha brahmi bilan bir qatorda kharoʻshthi yozuvi ham mavjud boʻlgan, lekin keyinchalik sekin-asta brahmi tomonidan siqib chiqarilgan. Brahmi yozuvining ilk yodgorliklaridayoq uning mahalliy koʻrinishlari ajrala boshlaydi. keyinchalik ular asosida H.yo.ning 3 asosiy; shim., jan. va jan.-sharqiy tarmogʻi shakllanadi.

Alifbo harflari qatʼiy vertikal va gorizontal chiziqlardan burchak hosil qilib yoziladigan shim. tarmoqqa quyidagi yozuvlar kiradi: 1) 6—10-a.

larda Markaziy Osiyoda sanskrit, sak va b. tillardagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan gupta yozuvi; 2) 7-a.dan hoz. gacha bir necha koʻrinishda ishla-tilgan tibet yozuvi;3) 7—8-a.larda shakllangan va 10—11-a.lardagi qoʻlyozmalarda qayd etilgan n a g a r i yozuvi; uning keyingi davrdagi shakli — devanagari Shim. Hindistondagi asosiy yozuvga aylanadi, hindiy, marathiy va b. tillarda, sanskritcha matnlarni yozish va nashr etishda qoʻllanadi; 4) 8-a.dan Kashmirda ishlatiladigan sharada yozuvi; 5) 12-a.dan Nepalda qoʻllangan va hoz. kunlarda devanagari tomonidan siqib chiqarilayotgan nevari yozuvi; 6) 15-a.da shakllangan va bengal, assom, sanskrit tillarida qoʻllanadigan b ye n -gal yozuvi; 7) boshqa alifbolardan harflar ustidagi gorizontal chiziq oʻrniga yoy shakli qoʻllanishi bilan farq qiladigan o r i ya yozuvi; 8) nagarining kursiv shaklidan kelib chiq-qan va harflar ustida chiziqning yoʻqligi bilan ajralib turadigan gu-jarot yozuvi; 9) 16-a.da sikhlar tomonidan joriy etilgan panjob yozuvi — gurmukhi. Bulardan tashqari, turli yozishmalarda, savdo va ish yuritish sohalarida ishlatiladigan kaythiy (hindiy tili tarqalgan joylarda), mahajaniy (Rajasthan shtatida va shu yerdan chiqqan savdogarlar orasida); landa (Sind va Pan-jobda), moʻdiy (Maharashtrada) va b. yozuv turlari mavjud.

H.yo.ning jan. tarmogiga 5—6-a.dan shakllangan, biroq qoʻlyozmalarda 16-a.

dan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda jan. Hindistondagi zamonaviy 4 adabiy til — kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi.

H.yo.ning jan.-sharqiy tarmogi Hindistondan tashqarida va asosan qad . -pali yozuvi asosida shakllangan sin-gal, kxmer, laos, tay yozuvlarini, shuningdek, Hindixitoy va Indone-ziyadagi eski yozuvlarni qamrab oladi.

Mazkur yozuvlarning shakli shamoyilidagi oʻxshashlik ular qoʻllanadigan tillarning fonologik jihatdan oʻxshashligini anglatmaydi. Mas, devanagari yozuvi qindiy tiliga nis-batan harf-tovush yozuvi hisoblansa-da, boshqa koʻpchilik tillarda fonema va grafema oʻrtasidagi nisbatning u yoki bu darajada buzilganligi kuzatiladi.


Harflar[tahrir]

Undoshlar[tahrir]

क ka / kə / ख kha / kʰə / ग ga / gə / घ gha / gʱə / ङ ṅa / ŋə / च ca / cə/ छ cha / cʰə / ज ja / ɟə / झ jha / ɟʱə / ञ ña / ɲə / ट ṭa / ʈə / ठ ṭha / ʈʰə / ड ḍa /ɖə/ ढ ḍha / ɖʱə / ण ṇa / ɳə / त ta / t̪ə / थ tha / t̪ʰə / द da / d̪ə / ध dha / d̪ʱə / न na / nə / प pa / pə / फ pha / pʰə / ब ba / bə / भ bha / bʱə / म ma / mə / य ya / jə / र ra / ɾə / ल la / lə / व va / ʋə / श śa / ʃə / ष ṣa / ʂə / स sa / sə / ह ha / ɦə /


Qoʻshimcha undoshlar[tahrir]

क़ qa / qə / ख़ k͟ha / xə / ग़ ġa / ɣə / ज़ za / zə / य़ zha / ʒə / ड़ ṛa / ɽə / ढ़ ṛha / ɽʱə / फ़ fa / fə /

Unlilar[tahrir]

अ a/ə/ili/ä/ क /ka/;

आा ā/ä/ का /kā/;

इि i/i/ कि /ki/;

ईी ī/i/ की /kī/;

उु u/u/ कु /ku/;

ऊू ū/u/ कू /kū/;

ऋृ ṛ/ṛ/ कृ /kṛ/;

ॠॄ ṝ/ कॄ /kṝ/;

ऌॢ ḷ/ḷ/ कॢ /kḷ/;

ॡॣ ḹ/ḷ/ कॣ /kḹ/;

एे e/e: / के /ke/;

ऐै ai/əi/ ili /ai/ कै /kai/;

ओो o/o: / को /ko/;

औौ au/əu/ili/au/ कौ /kau/;

Boshqa belgilar[tahrir]

ँ कँ /kam̩/ Anunasika ं /an̩/ कं /kan̩/ Anusvara ः /ah̩/ कः /kah̩/ Visarga ् क् /k/ Virama ॅ /?/ ऑ /?/

Sonlar[tahrir]

0०, 1१, 2२, 3३, 4४, 5५, 6६, 7७, 8८, 9९.