Runik yozuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta runalar
Kichik runalar

Runik yozuvgermanlarda 2—3-asrlardan to oʻrta asrlar oxirigacha qoʻllangan alifbo; lotin yozuvi tarqalishi munosabati bilan isteʼmoldan qolgan. Runik yozuv belgilari, yaʼni runalar, asosan, metallga, toshga va yogʻochga oʻyib yozilgan, shuning uchun ular oʻziga xos uchli, nayzasimon koʻrinishga ega boʻlgan. Angliya, Islandiya va Grenlandiyada, Skandinaviyada, Shim. Yevropaning bir qancha hududlarida tarqalgan. Katta (umumgerman) runalari hamda kichik (skandinav) runalari oʻzaro farqlanadi. Katta Runik yozuvning tili biron-bir qad. german tiliga oʻxshamaydi, undagi bitiklar (150 ga yaqin), asosan, qurol va taqinchoklarga, shuningdek, toshlarga yozilgan. Kichik Runik yozuv esa qad, skandinav tillari yodgorliklari hisoblanadi, ularni, asosan, toshlardagi bir necha jumladan iborat xotira yozuvlari (yodnomalar) tashkil etadi. Katta runalar 24 ta, kichik runalar 16 ta boʻlgan.

Qad. turkiy yozuvlar, yaʼni urxunenisey yozuvlari ham fin va boshqa yevropalik olimlar tomonidan "Runik yozuv" deb atalgan.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil