Abulmuzaffar Sam’oniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulmuzaffar Sam’oniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1035-yil
Vafoti 1096-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Mufassir, Muhaddis, Faqih

Abulmuzaffar Sam’oniy (arabcha: أبو المظفر السماني — Abulmuzaffar Sam’oniy — Toʻliq ismi: Abulmuzaffar Mansur ibn Muhammad Sam’oniy Marvaziy) — mufassir, muhaddis va faqih.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulmuzaffar Sam’oniy mufassir, muhaddis, faqih, muftiy, faxru-d-din (dinning iftixori), qozi, adib boʻlib, tarixchi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniyning bobosi. Marvda tugʻulgan Yoshlikdan hadislarni o‘rgangan va ota-bobolari singari fiqhdagi qodiriyya oqimiga mansub bo‘lgan. Uzoq yillar Xuroson, Iroq va Hijoz shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan va bir muddat Movarounnahrda istiqomat qilib, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv olimlaridan tahsil olgan. „Al-jomi’u-s-sahih — Sahihi Buxoriy“, „Sunan Termiziy“, „Sunan Abu Dovud“ hadis to‘plamlarini yod bilgan. 1069-1070-yilda Makkada shofi’iylarga qo‘shilgan. Sayohati davomida 100dan ortiq eng yirik muhaddislardan 1000ta eng sara hadislarni to‘plagan. 50dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Fiqh, hadis, tilshunoslikka oid 10ta asar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 596.