Abu Nasr Mansur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu nasr ibn Iroq Mansur ibn Ali (960 — 1036) — xorazmlik riyoziyotchi va falakiyotshunos olim. Xorazmshoh saroyidagi Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masixiy, Abulxayr Hammor va Abu Rayhon Beruniy kabi olimlar bilan muloqatda boʻlgan. Xorazmshoh Abulabbos Maʼmunga bagʻishlab "Kitob fi kuriyya as-sama" ("Samoning shar shaklida ekani haqida kitob"), "Risola filhalli shubhaten arazat fil-maqolat as-solis ashara min kitob al-usul" ("Negizlar" kitobining oʻn uchinchi maqolasida yuz bergan shubxani hal qilish haqidagi risola"), "Risola fi sana al-usturlob bit-tariq assi na i ila Abi Abdallax Muhammad ibn Ali al-Maʼmuni" ("Abu Abdilloh Muhammad ibn Ali al-Maʼmunga usturlobni sanʼat usulida yasash haqida yuborilgan risola") kabi asarlar yozgan. Oʻz davrida "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan.

Adabiyotlar[tahrir]