Afrigʻiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrigʻiylar - Xorazmda 4-10-asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Asoschisi — Afrigʻ. 995-yil Afrigʻiylarning soʻnggi vakili Abu Abdulloh Muhammad raqibi Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammad tomonidan asir olinib oʻldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Maʼmun qadimgi xorazmshoh unvonini qabul qilgan.