Abu Komil al-Anbarduvoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Komil Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Muhammad ibn Basir ibn Ahmad ibn al-Husayn al-Basiriy al-Anbarduvoniy al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1057-1058-yil (hijriy 449-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hanafiy faqihi

Abu Komil al-Anbarduvoniy (arabcha: أبو كامل الأنبردواني — Abu Komil Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Muhammad ibn Basir ibn Ahmad ibn al-Husayn al-Basiriy al-Anbarduvoniy al-Buxoriy) — hanafiy faqihi.

Abu Komil al-Anbarduvoniy „al-Basiriy“ nomi bilan tanilgan bo‘lib, tarixchilardan Abdulqodir al-Qurashiy va Umar Rizo Kahhola uning ajdodlari qatorida zikr qilingan Basirni Nasir, mazkur nisbasini esa, al-Nasiriy tarzida o‘qiganlar.

Iqtibos[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Komil al-Anbarduvoniy Abu-l-Hasan al-Buzjoniyning nabirasi bo‘lgan. As-Sam’oniyning zikr qilishicha, shofe’iy mazhabida faoliyat olib borgan.

Yoqut al-Hamaviyga ko‘ra:

faqih (hadislarni) jamlagan va asarlar (ham) yozgan, (unda) gumon va xatolar ko‘p bo‘lgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Komil al-Anbarduvoniy ilm talabida Samarqandga safar qilib, Abu-l-Fazl al-Kog‘oziydan hadis tinglagan. Shuningdek, Abu Bakr Muhammad ibn Idris ibn al-Hasan al-Jarjaroiy al-Hofiz, Abu Mas’­ud al-Bajliy, Abu-l-Husayn Ahmad ibn Muhammad ibn Qosim al-Forisiy, Abu Tohir Muhammad ibn Yaʼqub ad-Daymasiylardan taʼlim olgan. O‘z asarida Abu-l-Hasan Ali ad-Doraqutniy va Abdulg‘aniy ibn Saʼidlardan naql qilgan.

Asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Al-Muzāhāt va-l-muzāfāt“

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Muhammad Abdulaziz an-Naxshabiy al-Hofizning aytishicha, olim vabo kasalligidan 1057-1058-yillar (hijriy 449-yil)da vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoqut. Mu’jam. — Misr: „As-Saʼoda“, 1906. I, 342;
  2. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. I, 213-214, 364-365;
  3. Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Karotash: „Maktaba Mir Muhammad“, I, 112-113;
  4. Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. — Misr: „Dor as-Saʼoda“, 1893-1894. II, 451;
  5. Ibn al-­Asir. Al-Lubāb. — Bayrut: „Dor Sodir“, I, 68;
  6. Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. — Damashq: 1957. II, 631;
  7. A. Babadjanov. „Anbarduvoniy“. Islomshunoslik qomusiy lug‘ati. — T.: „Movarounnahr“, 2013. 89.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.