Mazhab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom
Istanbul, Hagia Sophia, Allah.jpg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Iymon
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhli baytIslom paygʻambarlari

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali


Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda liniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. 8—9-a.larga kelib shariatning shakllanishi jarayonida ququqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp M.lar yuzaga kelgan. Hoz. vaqtda sunniy toʻrtta M. — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (M.lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir M. — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala M. ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab boʻyicha aloqida dars oʻqitiladi. M.lar umuman anʼanaviy liniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va b. mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va b. mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va b. mamlakatlar)ning ququqiy qayotida jaʼfariylik M.i oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik M.i keng yoyilgan.[1]

Mazhab-(arab. مذهب‎‎ maḏhab)

Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yo‘l“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huhuhiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi.

Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Shariat qonunlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan barcha qonunshunoslar Qur’on ko‘rsatmalariga va hadislarga asoslanib ish ko‘rganlar, ammo printsiplarni va qonunlarni taʼriflashda harfxo‘rlik bilan ratsionalizm xususida, sabr-qanoat bilan mutassiblik xususida kelisha olmaganlar.

Tarix[tahrir]

Islom tarihida, turli maktablarning tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib oʻtgan. Asta-sekin kichik maktablar ortib borgan. XV asrdan so‘ng sunniylikda 4 ta mazhab qolgan boʻlib, ularning huquqlari teng.

Sunniylik[tahrir]

Sunniylik islom dinidagi ikki asosiy yo‘nalishdan biri va eng keng tarqalgani sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan xalifalarning oliy hokimiyatiga bo‘lgan huquqni tan olganlar. Sunniylik VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII aslarda arab halifaligidagi diniy siyosiy kurashlar jarayonida islomda eng yirik yo‘nalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur’on bilan birga Sunnaga ham eʼtiqod qiladilar. Sunniylik islomdagi diniy yo‘nalish sifatida yagona markazga ega emas. VIII asr oxiri IX asr boshlarida sunniylik doirasida mistik oqim sufiylik vujudga kelgan.

Hanafiya[tahrir]

Hanafiya (Imomi Aʼzam maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo‘lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qo‘llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi.

Mazhablar:
Sunniylik: Hanafiya, Molikya, Shofiya, Xanbaliya
Shialik: Jaʼfariya, Zaydiya, Ismoiliya, Xorijiya
Ibodiylik

Molikya[tahrir]

Molikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onas Abu Abdulloh (721-795). Islom diniy huquq sistemasini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan. Payg‘ambar Muhammad s.a.v. davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al-hadis " (hadis tarafdorlari) oqimining namoyandasi bo‘lgan. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalarida ratsionalistik metodga, Yaʼni Qur’on va hadislarni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musulmonlar o‘rtasida taʼsirga ega.

Shofiya[tahrir]

Shofiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (767-820). Makkada yashagan, hadislar va fiqhni o‘rgangan, Yamanda qozilik lavozimini egallagan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so‘ng Misrga ketib, Malik ibn Onasning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan, 810 yildan Bog‘dodda o‘z taʼlimotini targ‘ib qilgan. Shofiy o‘z asarlarida islom huquqini aʼnanaviy normalar bilan bog‘lashga intilgan. U fiqh asoslariga to‘la taʼrif bergan, ijmo‘dan foydalanishga alohida eʼtibor qilgan. Shofiyning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan „Kitob al-umm“ to‘plam shakliga keltirilgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada va janubiy arab sultonliklarida Shofiy mazhabi diniy-huquq sistemasiga amal qiluvchilar bor.

Xanbaliya[tahrir]

Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri. Uning asoschisi va imomi ibn Xanbal (780-855) mustahkam eʼtiqodli sunniylik nuqtai nazaridan halifa Maʼmun davrida davlat dini bo‘lishi mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Xanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmo‘ning qo‘llanishida ham ular tanho Muhammadning safdoshlari bo‘lmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Ularning rasmiyatchiligi o‘ta ketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli — mazhab XII- asrgacha keng tarqalmagan. Undan keyingi asrlarda xanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo bo‘lgan vahobiylar xanbaliya tarafdori bo‘lib chiqqan. Vahobiylar Saudiya Arabistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, Xanbaliya qonunlarini amalga kiritganlar. U erda xanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. Mazkur mazhablar va ulardagi xuquqshunoslik o‘rtasida, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, sabr-toqat va mutaassiblik darajasi xususida bir oz tafovut mavjud bo‘lib, ular islom diniy taʼlimoti doirasidan tashqariga chiqmaydi, yaʼni bu mazhablarning hammasi ortodoksal hisoblanadi.

Shialik[tahrir]

Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) -islomdagi asosiy yo‘nalishlardan biri. O‘zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyingi o‘rinda turadi. Hozirda jahondagi musulmonlarning qariyib 10 foyizi Shialikka mansub hisoblanadi. Shialik VII- asr o‘rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII- asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan.

Shialar tarafdorlari sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb eʼtirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shia ilohiyotchilari Quro‘nning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z taʼlimotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzganlar. Bu to‘plamlar ahbor deb atalgan. Sunniylikda eʼtirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialarda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi.

Bulardan 4 aqida:

  • tavhid (Ollohning yagonaligini eʼtirof etish),
  • adl (adolat, Ollohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi)
  • nubuvvat (payg‘ambarlik) qiyomat yoki maʼod (oxirat kunining kelishi
  • o‘lganlarning tirilishi) asosan sunniylik taʼlimoti bilan mos tushadi.

5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini eʼtirof etish) esa sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sh. Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni xususan dastlabki halifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan (tarixiy nuqtai nazardan o‘ldirilgan bo‘lishi kerak) 12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular „yashiringan“ hisoblaydilar, zamona oxir bo‘lganda uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadilar (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon).

Bu tasavvur maʼlum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Baʼzi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik o‘rtasida maʼlum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani „muqaddas“ hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shaharlarida joylashgan Sh. Imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladilar.

Jaʼfariya[tahrir]

Shia Shariatida jaʼfariya mazhabi hukmron rol o‘ynaydi. Ular imom Husaynga motam tutadilar, „shaxsey-vaxsey“ deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadilar va h.k. O‘rta asrlarda Shialar ichida ham ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p sektalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va b. Hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblanadi. Iroq, Afg‘oniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor.

Zaydiya[tahrir]

Zaydiylar — VIII asr o‘rtalarida shialikda vujudga kelgan sekta tarafdorlari. Arab halifaligida sinfiy ziddiyatlar keskinlashib, feodal guruhlar o‘rtasidagi kurash kuchaygan, ummaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Shialarning 5-imomi Muxammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar ichidan Zayd o‘z tarafdorlarini to‘plab, ummaviylar hokimiyatiga qarshi 739-yilda isyon ko‘targan, 740-yili halifa Hishom (724-743) ko‘shinlari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, halifalar hokimiyatiga qarshi ko‘p marta isyon ko‘targanlar. Z. Zaydni so‘nggi 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular o‘z aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yulini tutadilar. Zaydiylar yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch halifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya printsipini va mutʼa (yoki siga) nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. O‘z aqidalarida mu’taziliylardan iroda erkinligi va Qur’onni Olloh yaratganligi, xorijiylardan esa diniy eʼtiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash printsiplarini qabul qilib olganlar. Hozir Zaydiylarning ko‘p qismi Shimoliy Yamanda yashaydi va aholining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Zaydiylar Yaman Xalq Demokratik Respublikasida, Saudiya Arabistonida, Pokiston va boshqa davlatlarda ham bor.

Ismoiliya[tahrir]

Ismoiliylar-VIII asr o‘rtalarida shialikda shakllanib, X-XI asrlarda Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgan sekta tarafdorlari. Shialarning baʼzilari halifalik taxtini egallagan abbosiylar bilan maʼlum darajada kelishib ish tutdilar. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo‘lgan bir guruh shialar esa oltinchi imom Jaʼfar as-Sodiqning katta o‘gli Ismoil (sekta uning nomi bilan atalgan) atrofiga jipslashdilar. Imom Jaʼfar ichkilik va maishatga berilgan Ismoilni vorislikdan mahrum etib, kichik o‘g‘li Muso al-Kozimni voris qilib tayinladi. Bundan norozi bo‘lgan Ismoil tarafdorlari uning vafotidan keyin ug‘li Muxammad ibn Ismoilni imom deb tanidilar. Ularning taʼlimoti avvalo ikkiga:

  • zohiriy (tashqi) — ochiq
  • botiniy (ichki) — maxfiy taʼlimotlarga bo‘linadi.

Zohiriy taʼlimoti shialarning umumiy taʼlimotidan kam farq qiladi, bu taʼlimot sektaning maxfiy taʼlimotidan bexabar bo‘lgan oddiy Ismoiliylar ommasiga mo‘ljallangan.

Botiniy taʼlimoticha, mutlaq xudo o‘zidan quyi bo‘lgan 7 ta pog‘onani ajratadi (emanatsiya):

  • mutlaq xudo,
  • olamiy aql,
  • olamiy jon,
  • birlamchi materiya,
  • fazo, vaqt
  • kamolotga erishgan inson (yaʼni payg‘ambar).

Ismoiliylar taʼlimoti bo‘yicha, kamolotga erishgan inson (al-inson, al-komil) o‘zida „olamiy aql“ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo‘lib, xudo taʼlimotini insonlarga etkazib beradi, uning yordamchisi somit (jim turuvchi) esa payg‘ambar taʼlimotidagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi, deb hisoblanadi. O‘rta asr mobaynida Ismoiliylar orasidan nizoriylar (hashshoshiylar), mustaʼliylar, druzlar, karmatlar ajralib chiqqan. Ismoiliylar taʼlimoti, xususan, karmatlar ideologiyasi islom diniga nisbatan oppozitsion xarakterda bo‘lgan. O‘rta asr tafakkuriinng yirik namoyandalari — Rudakiy, Ibn Sino, Maʼarriy va boshqalarga karmatlar ideologiyasi taʼsir ko‘rsatgan. Mashhur shoir va mutaffakkir Nosir Xisrav esa Ismoiliylarning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan.

Xorijiya[tahrir]

Xorijiylar — Ali bilan Muoviya tarafdorlari o‘rtasida halifalikda hokimiyat uchun kurash jarayonida tashkil topgan islomdagi dastlabki diniy-siyosiy guruh izdoshlari. Siffin yaqinidagi jangda (657-yilda) Ali hakamlar sudi o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Alining yo‘lboshchiligidan ixlosi qaytgan 12 ming jangchi undan yuz o‘girib, Xarura degan qishloqqa ketib qolganlar (shuning uchun ham ularni dastlab xaruriylar deb ataganlar). Xorijiylar Alini 661-yilda o‘ldirgunlariga qadar, unga qarshi qurolli kurash olib borganlar. Ular Muoviyaga ham qarshi xuddi shunday shafqatsiz kurash olib borganlar. Xorijiylar taʼlimoti ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan ham va islomning asosiy aqidalarini talqin qilishda ham yaxlit taʼlimot bo‘lmagan. Musulmon ilohiyotchilarining hisoblashicha, xorijiylarning 20 ga yaqin sektalari bor. Xorijiylar oliy hokimiyat masalasida halifa saylanib qo‘yilishi kerak, degan taʼlimotni ilgari surgan sunniylarga ham, imomatning ilohiy tabiatini tan olgan shialarga ham qarshi turganlar.

Din masalasida xorijiylar islomning „sofligi“ tarafdori bo‘lganlar va diniy kursatmalarga katʼiy rioya kilganlar.

Ibodiylik[tahrir]

Ibodiylar, abodiylar — xorijiylar ichidagi kichik sekta tarafdorlari. VII-asrning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Ibod (Abod) asos solgan. Ibodiylar xorijiylar ichidagi fanatik kichik sektalar (mas., azrakiylar)ning barcha g‘oyaviy dushmanlarini kofir hisoblab, o‘ldirish printsipiga qarshi chiqqanlar. Ular o‘z ko‘zg‘olonlari bilan abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam berganlar. Hozir Shimoliy Afrikada, Ummon, Zanjibarda Ibodiylar jamoalari mavjud. Ular diniy eʼtiqod va marosimlarga xos ayrim xususiyatlari bilan sunniylik, shialik va boshqa oqim, sektalardan farq qiladilar.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil