Kontent qismiga oʻtish

Alban mafiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Албанская мафия“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

14-Iyun 2022, 06:41 dagi koʻrinishi

Alban mafiyasi vakili

Andoza:Криминальная организация"Alban mafiyasi" yoki "alban uyushgan jinoiy guruhi" - Albaniyada joylashgan to'da. Etnik albanlardan tashkil topgan turli jinoiy tashkilotlar uchun ham "Alban mafiyasi" atamasi ishlatiladi. Albaniyadan tashqarida u Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi davlari hududida tarqalgan. "Alban mafiyasi" atamasi Albaniyaning barcha jinoiy faoliyati Albaniya, Kosovo, Makedoniya Respublikasi va boshqalarda mavjud bo'lishi, bu umumiy rahbar organ tomonidan muvofiqlashtirilishini va tartibga solinishini anglatmaydi.

Tarixi

1991-yil boshida Albaniyada kommunistik tuzum qulaganidan keyin, alban mafiyasi jahon mafiya tashkilotlari bilan keng aloqaga chiqa boshladi. Bunday holat uning xalqaro maydonda kuchayishiga olib kelgan edi.

Bolqon yarim orolidagi Kosova maydonlaridagi urush natijasida Yevropa davlatlarida Alban mafiyasining o'rni oshib ketadi. Jinoyatchilarning yashirin odatiga ko'ra, qora dori G'arbiy Yevropaga Turkiyadan Serbiya, Xorvatiya va Sloveniya orqali tashib olib borilgan edi. Bunday tranzit yo'l Bolqondagi Kosova urushi tufayli yopilgan va alban mafiyasi esa bundan foydalanib, urush zonasi orqali xavfsiz yoʻlni taklif qilishgan edi. Urush yillarida etnik albanlar Yevropaga ommaviy tusda ko'chishgan. Alban mafiyasi bundan foydalanib, asosan Germaniya va Shveysariyaga qora dori yetkazib beruvchi jinoyat tashkilotini tuzdilar [1] .

AQSh noqonuniy giyohvand moddalarga qarshi kurashuvchi idorasi ma'lumotlariga ko'ra, Alban mafiyasi "Istanbul-Belgrad" qora dori savdosi doirasidagi "Bolqon yo'li" ning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. 1985-yilda Qo'shma Shtatlardagi qora dori savdosining 25% qismidan 40% qismigacha "Bolqon yo'li" orqali amalga oshirilgan edi [2] .

Giyohvand moddalar savdosidan tashqari, alban mafiyasi boshqa mafiya to'dalari kabi odam savdosi bilan shug'ullanadi. Buning uchun u qo'shni mamlakatlarda o'zining kuchli eski ta'siridan foydalanadi. Albaniya, sobiq Yugoslaviya va Bolgariyadan kelgan ayollarning noqonuniy savdosi uchun davlat sifatida Makedoniyadan foydalangan. Makedoniya orqali ayollar G‘arbiy Yevropaga va Yaqin Sharqqa fohishalik uchun olib ketiladi. Bundan tashqari, Serbiya va Makedoniya davlatlari tranzit hudud sifatida, Kosovoda hududida ayollarni sotish uchun tanlangan. Kosovoda odam savdosi qurbonlarining ko'pchiligi moldovanlar (62%), ruminlar (19%), ukrainlar (9%) va bolgarlar (8%)hisoblanadi. Odam savdosi qurbonlari Kosovoga borgunicha uch-olti marta qayta-qayta sotiladi. Kosovo hududi esa o'z navbatida, urush natijasida alban mafiyasi tomonidan Kosovodagi alban va lo'li ayollarini Italiya va boshqa G'arb mamlakatlariga etkazib berish uchun ishlatilgan [3] .

"Kosovo ozodlik armiyasi" bilan aloqasi

1999-yilda AQShning qonun chiqaruvchi organi - Senat qo'mitasi Kosovo Ozodlik Armiyasini moliyalashtirilishi alban mafiyasi tomonidan amalga oshiriladi degan ma'lumotni e'lon qilgan.

2000-yilda Interpol ma'lumotlariga ko'ra, Kosovoning siyosiy-harbiy tuzilmalari va Albaniya uyushgan jinoyatchiligi o'rtasida bog'liqlik borligi ma'lum bo'ldi[4].

Boshqa jinoiy to'dalar bilan munosabatlar

Alban mafiyasi bo'limlari boshqa slavyan davlatlari hududida - Ukraina, Xorvatiya, Bosniya va Serbiyada ham mavjud. Ular o'rtasidagi munosabatlar turli yo'llar bilan rivojlangan. Misol uchun mafiya to'dalari birlashish yoki qo'shma guruhlar tuzish, shuningdek, umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun ittifoq tuzish. Umuman olganda, slavyan guruhlari orasida ukrain, xorvat va bolgar guruhlari vakillari, albanlar bilan eng yaqin bo'lgan to'dalar hisoblanadi. Ular birgalikda ish yuritadi va serb mafiyasi bilan doimiy adovatda yurishadi. Serb mafiyasi va alban mafiyasi o'rtasida uzoq muddatlik adovat mavjud bo'lib, ular o'rtasida vaqti-vaqti bilan urush ham bo'lib turadi.

Ommaviy madaniyatdagi ko'rinishi

  • Daniyaning "Diler 3" filmida alban banditlari haqida sujetlar bor edi.
  • 2008-yilda Lyuc Bessonning "Garovdagi qiz" filmi chiqdi. Bosh qahramon o'zining qizini sotish maqsadida Parijda o‘g‘irlab ketgan alban mafiyasi odamlari bilan kurashadi.
  • Alban mafiyasi "Grand Theft Auto IV" kinosida ham ko'rinish bergan lavhalar bor.
  • «Law and Order: Criminal Intent» asarida alban mafiyasi bolalar va ayollarni o‘g‘irlab ketganligiga oid lavhalar bor.
  • "SOCOM 2" nomli video o'yinidagi missiyada Albaniyada bo'lib o'tadi va u yerda bir nechta jinoiy rahbarlarni qo'lga olinishi kerak.
  • Fransuz filmi bo'lgan "Nid de guêpes"da sujet alban jinoyatchi yetakchisi atrofida aylanadi.

Manbalar

  1. Thompson, Tony. Gangs: A Journey into the heart of the British Underworld, 2004 ISBN 0-340-83053-0
  2. Albanian Mafia at work in New York
  3. V. Nicolic-Ristanovic „Sex trafficking of women from other post-communist countries to/through Hungary, Macedonia, Bulgaria and Serbia“,. Social Change, Gender and Violence, Social Indicators Research Series. Springer-Science + Business Media, 2002 — 114—115 bet. ISBN 978-90-481-6063-1. 
  4. The Threat Posed by the Convergence of Organized Crime, Drugs Trafficking and Terrorism.