Mafiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mafiya (lot. maffi a, ital. mafi a — maxfiy) — zoʻrlik, qoʻrqitish, terror, qotillik, igʻvogarlik usuli bilan iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladigan maxfiy uyushma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti. Bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan va poraga sotilgan davlat amaldorlari, davlat organlaridan yerdam oladigan jinoyatchi guruhlar. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Italiyaning Sitsiliya o.da paydo boʻlgan. 20-a.da M. tashkilotlari faoliyati shaharlarda avj oldi. M., odatda, qimorbozlik, bangilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy axloqsizlikni uyushtiradi va oʻz homiyligiga oladi, siyosiy hayotga faol aralashadi. M. davlat idoralari, sud va politsiya amaldorlari, muayyan siyosiy doiralar bilan birikib ketadi. Keyinchalik uyushgan jinoyatchilikning davlat hokimiyati, sud, prokuratura va b. idoralar xodimlari bilan til biriktirishi va oʻzaro bir-birini himoya qilishi M. deb ataladigan boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil