Zunayra al-Rumiya
Zunayra al-Rumiya (arabcha: زنيرة الرومية, rimlik Zunayra) – (baʼzi manbalarda Zinara yoki Zinayra nomlari bilan ham uchraydi, lekin Zunayra nomi bilan keng tarqalgan), Muhammad (s.a.v)ning ayol sahobiyalaridan biri boʻlgan. U Abu Bakr Siddiq ozod qilgan qullardan biri ham hisoblanadi.
| Zunayra al-Rumiya | |
|---|---|
| Tavalludi |
Horisa bint al-Muammil[1] |
| Vafoti | Hijoz |
| Ummu Ubays (singlisi) | |
Hayotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zunayra Banu Maxzumning urugʻiga tegishli kanizak boʻlgan. Soʻngra esa, Amr ibn Hishomning quli boʻlib xizmat qilgan[2].
U Makkada Islomni birinchi boʻlib qabul qilganlardan edi[3]. Islom dinini qabul qilganidan soʻng, Amr ibn Jahlning atrofidagi odamlar uni yangi dinidan voz kechishni soʻraganlar, ammo Zunayra oʻzinig qarorida sobit qolgan[4]. Amr ibn Hishom uning Islom dinga kirganini bilgach, uni juda qattiq kaltaklagan[2].
Abu Bakr Siddiq u bilan birgalikda yana bir qul Lubaynani sotib olgan, soʻngra esa ularni ozod qilgan[3].
Islom dinini qabul qilganidan soʻng Zunayraning koʻzlari koʻrmay qolgan. Buning natijasida Quraysh qabilasi „Al-Lot va Al-Uzzo u Islom diniga kirganilgi uchun uning koʻzlaridan nurni olib qoʻydi“ deya vaj keltirshgan[3][5]. Bunga nisbatan Zunayra: „Yoʻq, Allohga qasamki, sizlar yolgʻon gapiryabsizlar. Al-Lot yoki Al-Uzza na zarar, menga na shifo bera oladi va ular menga na azob bera olmaslar ham“ deya javob bergan[3][5].
Keyinroq uning koʻz nuri tiklangan, bu shifoni musulmonlar Alloh unga sinov berdi deb tushunganlar[3][5]. Ammo keyinroq bunga nisbatan ham Quraysh qabilasi: „Bu Muhammadning sehrlaridan bir qismidir“, deya vaj keltirganlar[3].
Shuningdek qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Biodata at MuslimScholars.info
- „زنيرة الرومية“ (Wayback Machine saytida 2018-03-26 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zunaira, Haritha bint Al-Muammil“ (de). www.eslam.de. Qaraldi: 2017-yil 13-may.
- 1 2 Biodata at MuslimScholars.info „"The Life & Character of the Seal of the Prophets(saw) – Part 9".“ (2011-yil 17-avgust).
- 1 2 3 4 5 6 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 180-181. London: Ta-Ha Publishers..
- ↑ „"Khalifa Abu Bakr - Witness to Truth".,“. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
- 1 2 3 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 144. Oxford: Oxford University Press..