Zulxumor Moʻminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zulxumor Moʻminova
Tavalludi 11-noyabr 1960-yil (1960-11-11) (63 yosh)
Faoliyat yillari 1983-yildan
Mukofotlari

Zulxumor Moʻminova (1960-yil 12-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan[1]) — film va dublyaj aktrisasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zulxumor Moʻminova bolaligidan sanʼatkorlikka qiziqqan. 1983-yilda Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutini bitirgan. Aynan shu yildan u „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida oʻz faoliyatini boshlagan. Ushbu kinostudiyadagi faoliyati davomida aktrisa „Sevgi afsonasi“, „Qora mushuk“ va „Shaytanat“ kabi filmlarda suratga tushgan. Tomoshabinlarga asosan dublaj aktrisasi sifatida yaxshi tanish boʻlib, bugungacha yuzlab filmlar dublyajida qatnashgan. „Zamin FM“ radiosidagi faoliyat yuritgan. „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Talabalik davrida aktyor Zokir Moʻminovga turmushga chiqqan. Oʻgʻli — Umid Moʻminov Moskvada yashaydi. Zokir Moʻminov olamdan oʻtgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]