Videofilm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Videofilm – videomagnit lentasi (tasmasi)ga (kinoplyonkaga emas) yozilgan film. Badiiy, ilmiy-ommabop, hujjatli-publitsistik, xronikal va b. turlari mavjud. Garchand kinofilmga oid xususiyatlarni oʻz ichiga olsada, estetik va texnologik i.ch. jihati bilan undan farq qiladi. Masalan, suratga olishning koʻp kamerali uslubini qoʻllash; elektronli montaj qilish; har qanday murakkab kadr olishga imkon beruvchi oʻziga xos ustunligi; magnit tasmasiga oʻchirib bir necha bor qayta yozish mumkinligi va b. V. 20-asrning 50-yillari Yevropa televideniyesida paydo boʻlib, keyinchalik keng tarqalgan. Oʻzbekistonga V. 70-yillar kirib keldi. Ilk bor koʻp qismli V. („Ulugʻbek xazinasi“) 1972-yil namoyish kilingan. Keyinchalik „Diyonat“, „Girdob“, „Alisher Navoiy“, „Bobur“, „Kecha va kunduz“, „Soʻnggi oʻq“, „Koʻngil koʻchalari“, „Domla“: „Charxpalak“, „Shaytanat“ kabi V.lar koʻrsatildi. Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan „Buyuk Amir Temur“ badiiy filmi bilan bir katorda 6 qismli badiiy, turkum hujjatli va ilmiy-ommabop V.lar yaratildi. Shuningdek, Gyote, Bayron, Stendal kabi mumtoz adabiyot vakillarining asarlari ham V. sifatida koʻrsatildi. Oʻzbekistonda rej.lardan H. Aliyev, H. Qahramonov, M. Mirzaahmedov, M. Mahkamov, M. Muhamedov, Yu. Roziqov V.lari mashhur.

Anvar Yoqubxoʻjayev.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil