Zolotiye oblaka
Qiyofa
| „Zolotiye oblaka“ | ||||
|---|---|---|---|---|
| „Ivanushki International“ qoʻshigʻi | ||||
| Oleg, Andrey, Kirill albomidan | ||||
| Chiqarilgan sanasi | 2002 | |||
| Janr | pop | |||
| Davomiyligi | 4:29 | |||
| Qoʻshiq muallif(lar)i | Aleksandr Shaganov | |||
| Bastakor(lar) | Igor Matviyenko | |||
| „Oleg, Andrey, Kirill“ xronologiyasi | ||||
| ||||
| Klipi | ||||
| „Zolotiye oblaka“ YouTubeda | ||||
„Zolotiye oblaka“ (ruscha: Золотые облака, yaʼni „Zarhal bulutlar“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Oleg, Andrey, Kirill“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, tarona guruhning „Luchsheye v nashey jizni“ (2015) terma albomiga ham kiritilgan. „Zolotiye oblaka“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biridir.
Qoʻshiq matnini shoir Aleksandr Shaganov yozgan, kuyini esa guruh produseri Igor Matviyenko bastalagan[1]. Qoʻshiq uchun rejissyor Dmitriy Zaxarov klip suratga olgan[2]. Klip 2002-yilning aprel oiyida Moskva shahrining Domodedovo xalqaro aeroportida tasvirga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Песня года 2002 (часть 1)“. YouTube (23-may 2022-yil). Qaraldi: 8-oktyabr 2022-yil.
- ↑ „«Иванушек» одурачила смазливая блондинка“ (ruscha). InterMedia (14-aprel 2002-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.