Ziyouddin al-Yarsuxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ziyouddin al-Yarsuxiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1131-yil (hijriy 525-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Muhammad ibn al-Husayn ibn Nosir ibn Abdulaziz al-Yarsuxiy — faqih. Zamonasida Ziyouddin laqabi bila mashhur bo‘lgan. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning va faqih Alouddin as-Samarqandiyning ustozi. U haqida juda ko‘p ulamolar rivoyat qilganlar. Yarsux nisbasi Farg‘onaning shaharlaridan birining nomidan olingan. Ziyouddin al-Yarsuxiyning tavallud yoki vafot sanasi maʼlum emas. U Naysoburda 525-hijriy yil (milodiy 1131-yil)da Imom MuslimningSahih“ini ulamolarga rivoyat qilib bergan sanasini eʼtiborga olsak, uning vafot sanasini 525-yil (milodiy 1131-yil)dan keyin deb xulosa qilsak bo‘ladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 80 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.