Zikriyo Gʻaniyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zikriyo Gʻaniyev
Farg‘ona viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi
Mansab davri
1962 – 1964-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1913
Vafoti 19-sentyabr 1983-yil
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Zikriyo Gʻaniyev — sovet davlat va iqtisodiyot arbobi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1946-yildan KPSS aʼzosi.

19331983-yillar oraligʻida Oʻzbekiston SSRda sugʻorish ishlari tashkilotchisi, Katta Fargʻona, Qoʻrgʻontepa va Katta Andijon kanallari qurilishida qatnashgan. Bir qator tumanlar suv xoʻjaligi boshqarmalari boshligʻi sifatida xizmat qilgan[1].

Fargʻona viloyati suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi. Fargʻona viloyati kolxoz qurilishi boshligʻi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti VI chaqiriq deputati etib saylangan. 1983-yilda Farg‘onada vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]