Qoʻrgʻontepa suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻrgʻontepa suv ombori
Morfometriya
Maydoni 2,81 km²
Sigʻimi 0,0286 km³
Xarakteristikasi
Toʻldirilgan yili 1981
Toʻgʻon balandligi 45 m
Havzasi
Quyiladigan irmoqlar Shohimardonsoy
Joylashuvi
Mamlakat Oʻzbekiston

Qoʻrgʻontepa suv ombori - Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani jan.da, Oltiariq shaharchasidan 10 km uzoqlikda barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Shohimardon daryosi va Fayziobodsoy suvini mavsumiy yigʻadi. 1-navbati 1975—77, 1-navbati 1980—81 yillarda qurilgan. Suv ombori yonma-yon joylashgan 2 ombordan iborat, tabiiy soyliklarning oldini toʻsib hosil qilingan. Arabtepasoyda kurilgan 1-omborning toʻliq hajmi 24,0 mln. m\ tuproqli toʻgʻoni balandligi 45 m, toʻgʻoni uz. 620 m, suv yuzasi 2,4 km\ maksimal suv chiqarish imkoniyati 5 m/sek. Kemkoʻlsoydagi 2-omborning toʻliq hajmi 8,7 mln. m3, toʻgʻoni balandligi 35 m, uz. 450 m, " suv yuzasi 1,3 km\ suv oʻtkazish imkoniyati 10 m3/sek. Janubiy Fargʻona kanalita va Soʻx-Shohimardon kanaliga suv beradi, 11 ming ga yer maydonini sugʻoradi.