Zhou Xiaolan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zhou Xiaolan
Shaxsiy ma'lumotlar
Tug'ilishi 9-oktabr 1957-yil
Nanjing, Jiangsu Province, People’s Republic of China
Medallari va yutuqlari
Ayollar Voleyboli
Xitoy bayrogʻi Xitoy vakili
Olimpiada o`yinlari
Oltin 1984-yil Yozgi Olimpiada o`yinlari jamoa
FIVB Voleybol bo`yicha ayollar chempionati
Oltin 1982-yil FIVB Voleybol bo`yicha ayollar chempionati jamoa
FIVB Voleybol bo`yicha ayollar chempionat kubogi
Oltin 1981-yil FIVB Voleybol bo`yicha ayollar chempionat kubogi jamoa

Zhou Xiaolan (soddalashtirilgan xitoycha:周晓兰, 1957-yil 9-oktabrda tugʻilgan) — sobiq xitoylik voleybolchi, 1980-yillarning boshlarida Xitoy ayollar milliy voleybol terma jamoasining boshlangʻich oʻrta blokeri boʻlgan va uchta jahon musobaqalarida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan.[1]


Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhou Xiolan Jiangsu provintsiyasining Nankin shahrida 1957-yil 9-oktabrda tugʻilgan. 1973-yilda u voleybol oʻynash uchun havaskorlar sport maktabiga oʻqishga kirdi va oʻsha yili Shansi provinsiyasi jamoasiga qabul qilindi. 1977-yilda Zhou Xiolan Xitoy oʻsmirlar terma jamoasiga, keyin esa Xitoy terma jamoasiga qabul qilindi.

1984-yilda Zhou Xiolan Xitoy voleybol jamoasining asosiy aʼzosi boʻlib, Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida AQSh jamoasi tarkibida oʻynagan va oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yilda nafaqaga chiqqanidan soʻng, Zhou Xiolan Shanxay sport kollejida tahsil oldi va keyinchalik Xitoy milliy sport komissiyasida ishladi va „toʻplar“ boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari vazifasini bajardi. 1995-yilda u lavozimidan voz kechdi va eri bilan AQShga ketdi.

Zhou Xiolan dastlab Jorj Vashington universitetida voleybol boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Keyinchalik u sport karerasidan voz kechdi va Merilenddagi tibbiy asboblar kompaniyasida muhandis boʻlib ishga kirdi. Biroq, u hali ham voleyboldan dars beradi va har hafta CCACC markazida darslar oʻtkazadi. Uning har bir sinfida taxminan 20-50 ta oʻquvchi bor.

2014-yilda Zhou Xiolang Merilend shtatining Xovard okrugida joylashgan Sharqiy qirgʻoq elita nomli oʻzining qizlar voleybol klubini ochdi va hozirda ushbu klubga murabbiylik qilmoqda[2].

Zhou Xiolangning Lyusi va Meri ismli 2 qizi bor, ularning ikkalasi ham Merilend universitetida oʻqigan.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1981-yilgi jahon chempionati - Oltin medal
  • 1982-yilgi jahon chempionati - Oltin medal
  • 1984-yil Los-Anjelesdagi Olimpiya oʻyinlari - Oltin medal

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zhou Xiolan haqida“. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  2. „Meet Our STAFF“ (12-oktabr 2015-yil). 13-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]