Kontent qismiga oʻtish

Zellweger sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zellweger sindromi

Zellweger sindromiga uchragan chaqaloq
PEX geni mutatsiyasi

Zellweger sindromi — kam uchraydigan irsiy kasallik boʻlib, orgazimdagi funksional peroksisomalarning yetishmasligidan kelib chiqadi[1]. Bu sindrom uni aniqlagan Shvetsariya-Amerikalik pediatr, genetika professori Hans Zellweger (1909-1990) sharafiga nomlangan[2][3].

Belgilari va simptomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zellweger sindromi peroksisomal biogenez kasalliklar toifasiga kirib, uchta zellweger spektriga (PBD-ZSD) ega kasalliklardan biri. Ulardan qolgan ikkitasi neonatal adrenoleykodistrofiya (NALD) va infantil Refsum kasalligidir (IRD)[4]. Zellweger sindromi ular ichida eng havfli turi[5].

Zellweger kasalligida neyronlar migratsiyasi, joylashishida, miya rivojlanishida nuqsonlar kuzatiladi[6]. Kasallikning yaqqol belgilaridan biri gipomiyelinizatsiya yaʼni markaziy nerv sistemasida asab hujayralarini qoplab turadigan miyelin qavatining kamayishi hisoblanadi. Bemorlarda eshitish, koʻrishning pasayishida ham kamchiliklar kuzatiladi, keyinchalik sensorional degeneratsiya namoyon boʻladi.

Bundan tashqari organizmda boshqa koʻplab sistemalar ishi ham salbiy tomonga oʻzgaradi. Bemorlarda kraniofassial anomaliyalar, gepatomegaliya, xondrodisplaziya, koʻz anomaliyalari, buyrak kistalari uchraydi. Chaqaloqlarda chuqur gipotoniya (mushak tonusining pasayishi), apnea, tutulish, ovqat yuta olmaslik holatlari boʻlishi mumkin. Bundan tashqari koʻpincha markaziy nerv sistemasini zararlanib, fiziologik ehtiyojlar kamayadi. Muskullar zaiflashuvi, tanasining egilgan disksimon shakli, qoʻgʻirchoq koʻrinishidagi tana osilib qoladi, nafas olish va ovqatlanishda qiyinchiliklar yuzaga keladi[7].

Sababi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Autosomal retsessiv irsiylanishi

Zellweger sindromi — peroksisomalarning normal yigʻilishini taʼminlaydigan peroksinlar hamda oqsillarni kodlaydigan genlarning mutatsiyasidan kelib chiqadigan autosomal retsessiv kasallik. Asosan, PEX1, PEX2, PEX3, PEX5, PEX6, PEX10, PEX12, PEX13, PEX14, PEX16, PEX19 yoki PEX26 genlari mutatsiyasiga sabab boʻladi[8].

Peroksisomal buzilishda toʻqima va hujayralarda peroksisomalarda parchalanadigan juda uzun zanjirli yogʻ kislotalar hamda tarmoqlangan zanjirli yogʻ kislotalari metabolizmi izdan chiqadi. Natijada ularning toʻplanishi koʻpayib, bir nechta organlar faoliyatiga tasir qiladi. Asosan jigar va buyraklarda juda uzun zanjirli yogʻ kislotalari oksidlanishi buziladi. Bemorlarda miya va oʻpka faoliyati uchun kerak boʻlgan plazmogenlar, efir-fosfolipidlarning yetishmasligi aniqlangan. Lipidlar mobilizatsiyasi buzilishi sababli yon zanjirlar shakllanmay qolishidan safro kislotasining ham sintezi buziladi va xenodeoksixol, xolik kislota sintezlari ham izdan chiqadi. Natijada oʻt hosil boʻlishi, buning taʼsirida hazm qilishda ham kamchiliklar kuzatiladi[9].

Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diagnostika maqsadida PEX genlariga genetik test oʻtkazish bilan birga biokimyoviy tahlillar oʻtkazish kasallikni yaqqol aniqlashda yordam beradi. Zellweger bilan kasallangan bemorlar qon tahlilida plazma tarkibida uzun zanjirli yogʻ kistolarining koʻpayganligini koʻrish mumkin. Teri fibroblastlari analizi olinganda unda juda uzun zanjirli yogʻ kislotalari miqdori oshganligi, fitan kislotasi alfa-oksidlanishi, pristan kislotasi alfa-oksidlanishi va plazmalogen biosintezi buzilganligi aniqlanadi[10].

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zellwegerni davolash oziq tarkibida yetishmayotgan ferment miqdorini oʻrnini toʻldirishdan iborat. Oʻt kislotasi yetishmasligi sababli hazm qilishdagi muommalar uchun maxsus oziqlantirish metodlari ishlab chiqildi. Bunda koʻra qabul qilinadigan yogʻ miqdori past boʻlishi, dokosageksoenoik kislota (DHA) sintezi buzilganligi sababli qoʻshimchasi tavsiya etilishi kerak, safro kislotasi buzilganligi uchun yogʻda eriydigan vitaminlar (ADEK) ham qoʻshimcha tafsiya qilinadi[11]. Aniq bir davosi maʼlum emas. Simptomatik davo choralari qoʻllaniladi. Pnevmoniya, nafas qiyinchiliklarini bartaraf qilish, infeksiyalardan saqlashga eʼtibor qaratiladi. Bemorlar faqat 1 yoshgacha yashaydi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Brul, S.; Westerveld, A.; Strijland, A.; Wanders, R.; Schram, A.; Heymans, H.; Schutgens, R.; Van Den Bosch, H.; Tager, J. (June 1988). „"Genetic heterogeneity in the cerebrohepatorenal (Zellweger) syndrome and other inherited disorders with a generalized impairment of peroxisomal functions. A study using complementation analysis". Journal of Clinical Investigation (Free full text). 81 (6): 1710–1715.“.
  2. „Zellweger's syndrome at Who Named It?“. https://en.wikipedia.org/wiki/Who_Named_It%3F.
  3. Wiedemann, H. R. (1991). "Hans-Ulrich Zellweger (1909-1990)". European Journal of Pediatrics. „European Journal of Pediatrics.“. https://doi.org/10.1007%2FBF01958418.
  4. „GeneReviews: Peroxisome Biogenesis Disorders, Zellweger Syndrome Spectrum“.
  5. Raymond, G. V.; Watkins, P.; Steinberg, S.; Powers, J. (2009). "Peroxisomal Disorders". Handbook of Neurochemistry and Molecular Neurobiology. pp. 631–670. „Handbook of Neurochemistry and Molecular Neurobiology“.
  6. Steinberg, S.; Dodt, G.; Raymond, G.; Braverman, N.; Moser, A.; Moser, H. (2006). "Peroxisome biogenesis disorders". Biochimica et Biophysica Acta (BBA) - Molecular Cell Research. 1763 (12): 1733–48. „doi:10.1016/j.bbamcr.2006.09.010“.
  7. Raymond, G. V.; Watkins, P.; Steinberg, S.; Powers, J. (2009). "Peroxisomal Disorders „Handbook of Neurochemistry and Molecular Neurobiology“. https://en.wikipedia.org/wiki/Special:BookSources/978-0-387-30345-1.
  8. „Online Mendelian Inheritance in Man“. https://omim.org/entry/214100.
  9. Sundaram SS, Bove KE, Lovell MA, Sokol RJ (2008) „Nature Reviews Gastroenterology & Hepatology“.
  10. Steinberg, S.; Dodt, G.; Raymond, G.; Braverman, N.; Moser, A.; Moser, H. (2006). "Peroxisome biogenesis disorders". Biochimica et Biophysica Acta (BBA) - Molecular Cell Research. „doi:10.1016/j.bbamcr.2006.09.010“.
  11. Martinez, M (26 June 1992). "Abnormal profiles of polyunsaturated fatty acids in the brain, liver, kidney and retina of patients with peroxisomal disorders". Brain Research. „doi:10.1016/s0006-8993(10)80021-6“.
  12. Steinberg, S.; Dodt, G.; Raymond, G.; Braverman, N.; Moser, A.; Moser, H. (2006). "Peroxisome biogenesis disorders". Biochimica et Biophysica Acta (BBA) - Molecular Cell Research. „doi:10.1016/j.bbamcr.2006.09.010“.