Kontent qismiga oʻtish

Biogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biogenez (bio... va genez) — organik birikmalarning tirik organizmlar hosil qilishi. Keng maʼnoda — B. barcha tirik mavjudotlarning faqat tirik materiyadan paydo boʻlishini taʼkidlaydigan gʻoyaning emperik umumlashmasidan iboratdir. Bu terminni fanga dastlab 19-asr oʻrtasida G. Geksli kiritgan. B.ni Gelmgols, Arrenius va boshqa ilgari surgan. B. tarafdorlari yerdagi dastlabki tirik mavjudotlar "yorugʻlik bosimi" yoki fazo jismlari (meteoritlar) bilan birga boshqa sayyoralardan kelib qolgan hayot murtaklaridan rivojlangan deb isbotlashga urinishadi. B. hayotni abadiy deb hisoblaydi, Yerdagi hayot moddalarning rivojlanishi natijasida paydo boʻlganligi toʻgʻrisidagi nazariyani rad etadi. Hozirgi zamon fani B.ning notoʻgri ekanligini isbot qilib berdi, chunki dastlabki tirik mavjudotlarning abadiyligi haqidagi tushunchalar tirik tabiatning rivojlanishi toʻgʻrisidagi tarixiy maʼlumotlarga ziddir (yana q. Abiogenez).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil