Kontent qismiga oʻtish

Zeliha Ağrıs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zeliha Ağrıs
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 20-yanvar 1998-yil (1998-01-20) (26 yosh)
Beyşehir, Konya viloyati, Turkiya
Faoliyat yillari 2008—
Boʻyi 1.74 m
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Taekvondo

Zeliha Ağrıs (1998-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik taekvondochi. 2017-yilda super yengil vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zeliha Ağrıs 1998-yil 20 yanvarda Konya viloyatining Beyşehir shahrida tugʻilgan. Konya shahrida ulgʻaygan[1][2][3]. Otasi restoran boshqaruvchisi boʻlgan[4].

Bolaligida juda qiziqqon qiz boʻlgan[5]. Yaqin-atrofdagi sport zallaridan birida taekvondo mashgʻulotlarini tomosha qilib, mazkur sport turiga qiziqib qolgan. Dastlab otasi qizini taekvondoga bilan shugʻullanishiga rozi boʻlmagan. Murabbiy Zelihaning otasini koʻndirgan.[4]. Zeliha oʻn yoshida taekvondo bilan shugʻullana boshlaganref name="c1"/>[5]. Keyinchalik ota-onasi uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan[5].

U Konya shahridagi Selçuk universitetining jismoniy fanlar yoʻnalishida tahsil olgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilgi Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan tekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro maydondagi debyutini amalga oshirgan[6].

Portugaliyaning Portu shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro musobaqalardagi ilk medalini qoʻlga kiritgan. −55 kg vazn toifasida bronza medali sohibasiga aylangan[7]. 2014-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Telleborg open turnirining −55 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[8]. Ağrıs Latviyaning Daugavpils shahrida oʻtgan 2015-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal sohibasiga aylangan[4]. Shveytsariyaning Montreux shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan[9]. Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan 21 yoshgacha boʻlgan Yevropalik taekvondochilar oʻrtasidagi chempionatda bronza medalini[10] va 2017-yilgi Islom birdamigi oʻyinlarida (Ozarbayjon, Boku) kumush medalini qoʻlga kiritgan[11]. Janubiy Koreyaning Muju shahrida oʻtgan 2017-yilgi jahon chempionatlarida oʻz vazn toifasida oltin medal sohibasiga aylangan[12]. Yarim finalda Dinorahon Mamadibragimova va finalda Tatiana Kudashovani magʻlub etgan[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zeliha Ağrıs“ (tr). olimpiyatkomitesi.org.tr. Türkiye Milli Olimpiyat Komitesi. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  2. Aslan, Erkan.. „Güçlü Tekmeleriyle Rakiplerini Dize Getiren Dünya Şampiyonu Milli Tekvandocumuz Zeliha Ağrıs“ (tr) (2018-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  3. „Beyşehir'in Gururu Zeliha Ağrıs, Avrupa İkincisi oldu“ (tr) (2021-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Babası ile antrenörüne oyun kurdu, dünya şampiyonu oldu“ (tr) (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Milli tekvandocu Zeliha Ağrıs: Totemim yok, duam var benim“ (tr) (2019-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  6. „Yıldızlarda Avrupa Şampiyonu Türkiye“ (tr). Türkiye Taekwondo Federasyonu (2011-yil 9-iyul). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  7. „Türkiye, Avrupa Gençler Tekvando Şampiyonası'nda 10 madalya topladı.“ (tr) (2013-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  8. „Trelleborg Open 2014 Tamamlandı“ (tr). Türkiye Taekwondo Federasyonu (2014-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  9. „Servet Tazegül 5. kez Avrupa şampiyonu“ (tr) (2016-yil 20-may). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  10. „Turkish Taekwondo Team Returns from Sofia with 10 Medals“. Turkish Olympic Committee (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  11. „Kadın tekvandoculardan Bakü'de büyük başarı“ (tr) (2017-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  12. < „Zeliha Ağrıs Dünya Şampiyonu“ (tr) (2017-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.
  13. „Turkey's Agris bags gold in women's Taekwondo“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.