Zavqiddin Nasimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zavqiddin Nasimov
Tavalludi 12-aprel 1991-yil

Zavqiddin Nasimov — 1991-yil 4-aprel Samarqand viloyati Tayloq tumani Elpok mahallasida tugʻilgan. 2009-yili tumandagi 44-maktabni tamomlagan. 2014-2017 yillarda Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2016-yili Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining qisqa muddatli til kurslarida ham oʻqigan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

 Zavqiddin Nasimov 2017-yili Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida yetakchi mutaxassis, 2018-2020 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida matbuot kotibi boʻlib ishlagan. 2020-yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hududiy boʻlimlar va ijodiy kengashlar bilan ishlash boʻlimi yetakchi mutaxassisi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda. Uning 2010-yili „Ruhsiz tandan chiqqan sadolar yoxud behuda oʻtayotgan kunlar“ nomli nasriy kitobi „Sharq“ NMAKda nashr etilgan.