Yvan Neyou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yvan Neyou Noupa (talaffuzi: Ivan Neuou Noupa) 1997-yil 3-yanvarda Kamerunda tugʻilgan. Kamerunlik futbolchi Yvan Neyou Noupa „Saint-Étienne“ klubi va Kamerun terma jamoasi yarim himoyachisi.

Yvan Neyou Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Yvan Neyou Noupa
Tugʻilgan 3-yanvar 1997-yil(1997-01-03)[1][2](25 yosh)

Duala, Kamerun[3]
Fuqaroligi Flag Kameruna Kamerun
Flag Fransii Fransiya
Boʻyi 180 cm
Vazni 63 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Fransii Saint-Étienne
Raqami 19

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yvan Neyou Noupa Fransiyaning „Sedan“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilning 27-mayida u Liga 3dagi debyutini „Châteauroux“ga qarshi o‘tkazdi[4]. 2017-yil boshida Yvan Neyou Noupa „Laval“ga koʻchib oʻtdi. 12-may kuni „Amyen“ga qarshi oʻyinda u Liga 2da debyut qildi[5]. Mavsum yakunida klub quyi divizionga tushib ketdi. 8-dekabr kuni „Beziers“ga qarshi kechgan oʻyinida Yvan Neyou Noupa „Laval“ uchun birinchi golini urdi[6]. 2018-yilning yozida Yvan Neyou Noupa Portugaliyaning „Braga“ jamoasining oʻrinbosarlar jamoasiga qoʻshildi.

Yvan Neyou Noupa Fransiyaga qaytib, 2020-yilning 10-iyulida ijara asosida „Saint-Étienne“ klubiga sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga o‘tdi[7][8]. Yvan Neyou Noupa klub bilan birinchi marta 2020-yilgi Fransiya kubogi finalida Parij klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan „Paris Saint-Germain“ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Yaxshi oʻyin koʻrsatgach, Yvan Neyou Noupa 2020-yil 18-noyabrda „Saint-Etienne“ bilan 2024-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. 30-avgust kuni „Lorient“ga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qildi[9]. Ijara muddati tugagach, klub futbolchining transferini sotib oldi. 16-dekabr kuni „Bordo“ga qarshi bahsda Yvan Neyou Noupa „Saint-Étienne“ safida ilk golini urdi[10].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yvan Neyou Noupa Kamerun terma jamoasiga ilk chaqiruvini 2021-yilning may oyida olgan. 2021-yil 4-iyun kuni u Kamerun terma jamoasida Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[11][12].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Boshqa Jami
O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol O`yin Gol
Sedan 2015–16 2 0 0 0 2 0
2016–17 15 0 1 0 16 0
Jami 17 0 1 0 18 0
Laval 2016–17 5 0 0 0 0 0 5 0
2017–18 17 1 0 0 1 0 18 1
Jami 22 1 0 0 1 0 23 1
Laval B 2016–17 5 2 5 2
2017–18 8 2 8 2
Jami 13 4 13 4
Braga B 2018–19 8 2 8 2
2019–20 14 0 14 0
Jami 22 2 22 2
Saint-Étienne (ijara) 2019–20 0 0 1 0 1 0
Saint-Étienne (ijara) 2020–21 9 0 0 0 9 0
Saint-Étienne 2020–21 22 1 0 0 22 1
2021–22 16 0 0 0 0 0 16 0
2022–23 2 0 0 0 2 0
Jami 40 1 0 0 0 0 38 1
Saint-Étienne B 2021–22 1 0 1 0
2022–23 1 0 1 0
Jami 2 0 2 0
Leganés (ijara) 2022–23 1 0 0 0 0 0 1 0
Umumiy karyerasida 126 8 2 0 1 0 129 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yvan Neyou // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Yvan Neyou // FBref.com (mn.)
  3. Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  4. „Седан VS. Шатору 0:3“ (en). soccerway.com (2016-yil 27-may). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  5. „Амьен VS. Лаваль 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 12-may). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  6. „Лаваль VS. Безье 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-dekabr). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  7. „Transfert : Yvan Neyou Noupa s’engage en faveur de Saint-Etienne en France“. CAMFOOT (2020-yil 24-iyul). Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  8. „Mercato : Yvan Neyou Noupa débarque à l’AS Saint-Etienne“. Actu Cameroun. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
  9. „Сент-Этьен VS. Лорьян 2:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 30-avgust). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  10. „Бордо VS. Сент-Этьен 1:2“ (en). soccerway.com (2020-yil 16-dekabr). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  11. „Match Report of Nigeria vs Cameroon - 2021-06-04 - FIFA Friendlies - Global Sports Archive“. globalsportsarchive.com.
  12. „Нигерия VS. Камерун 0:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 4-iyun). 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.