Yuxari Govhar Ogʻa masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuxari Govhar ogʻa masjidi (ozarbayjoncha: Yuxarı Gövhər Ağa məscidi, armancha: վերին մզկիթ) — Ozarbayjonning Shusha shahrida, Togʻli Qorabogʻning bahsli mintaqasida joylashgan masjid. Masjid, shuningdek, Govhar og‘aning masjidi (ozarbayjoncha: Gövhər Ağanın Cümə məscidi) nomini ham olgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil Shusha jangi oldidan Yuxari Govhar ogʻa masjidining koʻrinishi

Yuxari Govhar ogʻa soʻzi ozarbayjonchada „Yuqori Govhar ogʻa masjidi“ yaʼni, masjidning Shusha shahri yuqori qismida joylashganligini anglatadi va uni shaharning pastki qismida joylashgan Ashagʻi Govhar ogʻa masjididan masjiddan ajratib turadi. Har ikkala masjid ham Shusha shahri timsoli va Sharq meʼmorchiligi durdonalaridan sanaladi[2][3]. Yuxari Govhar ogʻa masjidi Shushaning bosh maydoni, Yusif Vazir Chamanzaminli koʻchasida joylashgan boʻlib, madrasa, doʻkonlar va ayni shu masjid meʼmori tomonidan qurilgan uylardan iborat meʼmoriy majmuaning katta qismini tashkil etadi[1][4]. Tarixchi va „Qorabog‘noma“ asari muallifi Mirzo Jamol Qorabog‘iyning yozishicha, masjid qurilishi Ibrohim Xalilxonning buyrug‘i bilan 1768-yilda (islom taqvimi bo‘yicha 1182-yil) boshlangan, biroq qurilish ishlari uzoq muddatga toʻxtatib qoʻyilgan. Soʻngra qurilish yana qayta boshlanib, 1883-1885-yillarda meʼmor Karbalayiy Safixon Qorabogʻiy tomonidan Ibrohim Xalilxonning qizi Govhar ogʻa buyrugʻi bilan bino toʻliq qurib bitkazilgan[5].

Tashqi va ichki qismi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning yangilangan ichki qismi

Yuxari Govhar ogʻa masjidining namozxonasi 6 ta tosh ustunga boʻlingan kvadrat shaklda (190–185 m) qurilgan. Masjidning shimoliy qismidagi uch nurli ayvon unga toʻrtburchak shakl beradi (26,5×21,5 m). Masjidning ikkita minorasi bor. Ayvonlar ayollar uchun namoz oʻqish xonasi vazifasini bajaradi. Namoz oʻqiladigan zalning ichki qismiga ikkita derazadan yorugʻlik kirib turadi. Fasaddagi ikkita minora ayvonni tashkil qiladi. Masjid binosi toshdan, ikkita minorasi esa gʻishtdan qurilgan. Minoralar silindrsimon shaklga ega boʻlib, gorizontal kamarlarga ega. Har bir qismi gʻisht naqshlari bilan ajralib turadi. Xuddi shu qurilish namunalarini butun Qorabogʻdagi Kerbalayi Safixon Qorabogʻiy tomonidan qurilgan masjidlarning aksariyatida koʻrish mumkin[6].

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 21-yanvar

Sovet davrida masjid yopilgan va muzey sifatida faoliyat koʻrsatgan, ammo 1988-yilda faoliyat koʻrsatuvchi masjid sifatida qayta ochilgan. 1992-yilda Shusha qorabogʻ-armani qoʻshinlari tomonidan bosib olinganidan keyin, masjid oʻz faoliyatini yana toʻxtatadi[7].

2008-2009-yillarda masjidda kichik restavratsiya ishlari amalga oshiriladi. Masjid tomi oʻrnatilganidan soʻng[8], Togʻli Qorabogʻ Iqtisodiyot vazirligi rasmiylari restavratsiya loyihasini ishlab chiqib, ushbu loyihaga eronlik mutaxassislarni jalb qilishadi[9]. Ozarbayjon rasmiylari esa restavratsiya loyihasidan noroziligini bildirishadi. Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo‘mitasi raisi Gunduz Ismoilov „Armanistonning Shushadagi tarixiy Ozarbayjon masjidini tiklash niyatini bosib olingan hududlardagi ozarbayjon madaniy-diniy yodgorliklariga qilgan vandalizmini yashirishga boʻlgan urinishidir“[10] deya baholaydi.

Bir necha yillik restavratsiya ishlaridan so‘ng, Yuxari Govhar og‘a masjidi, shuningdek, masjid bilan birgalikda bunyod etilgan madrasa va istirohat bog‘i 2019-yil 14-oktyabrda tantanali ravishda turizm sayyohlari uchun ochiladi[11]. Loyiha Armaniston taraqqiyoti tashabbusi (IDeA) jamgʻarmasi tomonidan xususiy xayriyalar koʻmagida, rus-armaniyalik tadbirkor Ruben Vardanyanning „Sharq tarixiy merosini tiklash“ jamgʻarmasi va qozogʻistonlik tadbirkor Qayrat Boranbayev[12] hissasi bilan amalga oshiriladi[13].

Masjidda 28 yillik cheklovlardan so‘ng ilk juma namozi 2020-yil 13-noyabr kuni Ozarbayjon askarlari tomonidan o‘qilgan[14][15].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Shusha State Historical & Architectural Reserve“. 2010-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul.
  2. „PACE – Urgency to prevent the destruction of cultural monuments in the Armenian-occupied town of Shusha of Azerbaijan“. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul.
  3. „Чудеса Азербайджана“. 2021-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-iyul.
  4. „Наши культурные ценности – Шушинский район“. 2010-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-iyul.
  5. Elturan Avalov. Архитектура города Шуши и проблемы сохранения его исторического облика. Baku: Elm, 1977 — 54 bet. 
  6. „Shusha State Historical & Architectural Reserve“. 2010-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-iyul. „Shusha State Historical & Architectural Reserve“. Archived from the original on 4 October 2010. Retrieved 20 July 2010.
  7. „Human Rights group“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-iyul.
  8. LLC. „Excavation works start in the Iranian Upper Mosque of Shushi“ (en). www.panorama.am. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  9. „Karabakh readies restoration project for Persian mosque“.
  10. „Azerbaijan reacts to Iranian company restoring mosque in Shusha“. 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  11. „Gohar Agha Upper Mosque restored, inaugurated as Armenian-Iranian Cultural Center in Artsakh“ (en). armenpress.am. Qaraldi: 2020-yil 12-may.
  12. Жуков. „Кайрат Боранбаев жертвует средства на восстановление мечети в Нагорном Карабахе“. forbes.kz (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-may.
  13. „Верхняя мечеть Шуши обрела вторую жизнь“ (Russian). Golos Armenii (2019-yil 15-oktyabr).
  14. „İyirmi səkkiz ildən sonra Şuşada cümə namazı qılındı“. azerbaijan-news.az (2020-yil 13-noyabr).
  15. „Karabakh: Shusha hears Friday prayer call after decades“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]