Yusuf Xos-Hojib koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yusuf Xos Hojib koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Uzunligi 1,5 km
Avvalgi nomlari Unglit
Kasyanovskiy koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Yusuf Xos Hojib
Kesishgan koʻchalari Rakatboshi
Konstitutsiya
Koʻchada joylashgan binolar Yakkasaroy tumani hokimligi
Italiyaning O'zbekistondagi elchixonasi
„Qizil xoch“ xalqaro tashkiloti hamda „Qizil yarim oy“ jamiyati
Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
Toshkent pedagogika universiteti
Xalqaro madaniyat karvonsaroyi


Yusuf Xos-Hojib koʻchasi – Yakkasaroy tumani hududida, Bobur va Afrosiyob koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining Yangi shahar qismida tashkil topgan. Chor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan dastlab Unglit, soʻng Kasyanovskiy koʻchasi deb yuritilgan. Oʻz davrida Turkiston general-gubernatorligining bogʻiga olib boruvchi asosiy koʻchalardan biri boʻlgan. 1937-yil 13-avgustda Pedagogicheskiy (Pedagogika) nomi berilgan. 1993-yil 13-sentabrdan turkigoʻy shoir va mutafakkir Yusuf Xos-Hojib (1019/21-?) nomi bilan yuritiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishida Yakkasaroy tumani hokimligi, „Uztransgaz“ kompaniyasi, Toshkent viloyat dorixonalar boshqarmasi, Italiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, „Qizil xoch“ xalqaro tashkiloti, „Qizil yarim oy“ jamiyati, Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent pedagogika universiteti, Nizomiy maydoni va haykali, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, „Korzinka“ supermarketi, „Elit“, „Viva“ va „Aziya Discovery“ xususiy mehmonxonalari, „Konstitutsiya“, „Yunus Rajabiy“, „Tepa“ va „Turkiston“ mahallalari, savdo majmualari, shaxsiy turar joy binolari, koʻp qavatli maʼmuriy binolar va boshqalar joylashgan. Yoʻnalishida Rakatboshi , Beshchinor, Maryam Yoqubova, Vosit Vohidov, Zarbogʻ, Konstitutsiya koʻchalari bilan tutashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.