Yuriy Plotnikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Plotnikov Yuriy Ivanovich
Tavalludi 24-may 1937-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 29-aprel 2008-yil (70 yosh)
Moskva, Rossiya Federatsiyasi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Xizmatdagi yillari 1954-1997
Unvoni General-polkovnik
Mukofotlari

Plotnikov Yuriy Ivanovich(1937-yil 24-may, Samarqand, Oʻzbekiston SSR – 2008-yil 29-aprel, Moskva, Rossiya Federatsiyasi) – rus harbiy qoʻmondoni, general-polkovnik[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Plotnikov Yuriy Ivanovich 1937-yil 24-mayda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida xizmatchi oilasida tugʻiladi. Otasi 2-jahon urushida qatnashib, halok boʻladi. Shundan soʻng, Yuriy Platnikov va uning onasi Toshkent va Xoʻjand shaharlarida yashashadi. 1951-yil oʻrta maktabning 7-sinfini tamomlaydi. 1954-yil 2-Moskva harbiy akademiyasini tamomlaydi. 1954-yil oxirida Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga qabul qilinadi. SSSR janubiy armiyasining 27-batalyoni komandiri etib tayinlanadi. Yuriy Plotnikov 1959-yil Zerniskiy nomidagi harbiy akademiyasiga muvaffaqiyatli qabul qilinadi. 1963-yil u yerni oltin medal tamomlaydi. 1969-yildan shu harbiy akademiyaning kadrlar boshqarmasi katta ofitseri lavozimida, 1970-yil oxiridan esa jangovar tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishladi. U 1976-yil sentyabrdan 1981-yil avgustgacha 31-raketa armiyasi qoʻmondoni birinchi oʻrinbosari sifatida ishladi. Yuriy Plotnikov 1983-yil Voroshilov nomidagi SSSR Qurolli kuchlari akademiyasini tamomlab, shu yerda akademiya direktori oʻrinbosari lavozimida ish boshladi.

1998-yil Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy strategiya markazida oʻz faoliyatini olib bordi. Xuddi shu yili harbiy fanlar doktori ilmiy darajasini, 1993-yilda professor darajasi, 1995-yilda esa Rossiya fanlar akademiyasi akademigi darajalariga erishgan. Plotnikov Yuriy Ivanovich 2008-yil 29-aprelda uzoq va ogʻir kechgan kasallik sabab vafot etdi. U Moskvadagi qabristonlardan biriga dafn etilgan.

Harbiy unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ПЛОТНИКОВ ЮРИЙ ИВАНОВИЧ“. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.
  2. „Плотников Юрий Иванович“. MinOboroni Rossiya. Qaraldi: 9-sentabr 2023-yil.