Kontent qismiga oʻtish

Yuliya Sanina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuliya Sanina

Sanina 2019-yil noyabr oyida
Tavalludi
Yuliya Oleksandrivna Golovan

11-oktyabr 1990-yil (1990-10-11) (33 yosh)
Kiyev, USSR, Soviet Union
(hozirgiUkraina)
Fuqaroligi SSSR va Ukraina
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • vokalist
Faoliyat yillari 2011–hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
Valeriy „Val“ Bebko (turm. 2011)
Bolalari 1

Yuliya Oleksandrivna Bebko (ukraincha: Юлія Олександрівна Бебко; qizlik familyasi: Golovan [Головань]; 1990-yil 11-oktyabrda tugʻilgan), taxallusi Yuliya Sanina (ukraincha: Юлія Саніна)) ukrainalik qoʻshiqchi va Ukrainaning The Hardkiss alternativ rok guruhining bosh vokalisti.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuliya Sanina 1990-yil 11-oktabrda Sovet Ittifoqi tarkibidagi Ukraina SSRning Kiyev shahrida musiqachilar oilasida tugʻilgan[1]. U uch yoshida ilk marta sahnaga chiqqan, uning qoʻshigʻiga otasi rahbarlik qilgan ansambl tomonidan musiqa kuylangan. Oxir-oqibat u yakkaxon vokalchi, shuningdek, bolalar guruhi va jazz big-band aʼzolaridan biri sifatida sahnaga chiqa boshlagan.

2005-yilda Yuliya Sanina Jazz va estrada sanʼati musiqa maktabini tamomlagan. Keyinchalik u Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan va 2013-yilda folklorshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan[2] . Kollejda oʻqib yurgan chogʻida jurnalistikaga qiziqishi ham ortgan[3].

2006-yildan 2008-yilgacha u Sister Siren guruhida vokalist sifatida faoliyat olib borgan[4].

2011-yil sentyabr oyida Yuliya Sanina va musiqiy prodyuser Valeriy Bebko rus tilida qoʻshiqlar ijro etgan Val & Sanina pop duetini yaratishgan. Ular eksperimental videoklip va bir nechta qoʻshiqlar yozishadi, ulardan biri Sevgi keldi (ruscha: Любовь настала; matn: Robert Rojdestvenskiy, musiqa: Raimonds Pauls) qoʻshigʻidir.

Koʻp oʻtmay, ular sahnadagi imidjlarini yaxshilaydilar va guruh nomini The Hardkiss ga oʻzgartirishadi. Keyinchalik ingliz tilida qoʻshiq kuylashni boshlaydilar[3]. 2011-yil kuzida guruh bir nechta yangi qoʻshiqlarni chiqaradi va Bobil debyut videoklipi yoziladi. 2011-yil oktyabr oyining oxirida The Hardkiss Britaniyaning Hurts guruhidan ilhomlanib faoliyat boshlaydi[5]. Oʻsha yilning oxirida ular Men bilan raqs nomli yana bir videoklipni chiqaradilar, mazkur videoklip hatto yetakchi musiqa kanallarida ham namoyish etilgan.

Mariupoldagi MRPL City 2017 festivalida Hardkiss

2012-yil fevral oyida ular Sony BMG yorligʻi bilan shartnoma imzolaydilar. Guruh tezda mashhurlikka erisha boshlaydi va Ukrainada, shuningdek, boshqa xorijiy mamlakatlarda ham bir nechta mukofotlarga sazovor boʻladi. 2014-yilda Yuliya Sanina YouTube kanaliga oʻz hayoti va guruhning sahna ortidagi faoliyati haqida videobloglarni yuklay boshlaydi[6][7]. 2016-yilda Yuliya Sanina X Factor Ukraina koʻrsatuvining yettinchi seriyasida toʻrtta hakamdan biri sifatida ishtirok etadi[8].

Yuliya Sanina Liverpulda oʻtkazilgan Eurovision 2023 tanlovini Alesha Dixon va Hannah Waddingham juftligiga qarshi Graham Norton bilan birgalikda finalda ishtirok etgan[9].

2023-yilda Yuliya Sanina 2023-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan Ukraina ovozi koʻrsatuvining oʻn uchinchi mavsumida murabbiy boʻlishi eʼlon qilingan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuliya Sanina 2011-yilda Ukraina uslubidagi anʼanaviy toʻyda, kreativ prodyuser va The Hardkiss guruhining bosh gitarachisi Valeriy „Val“ Bebkoga turmushga chiqqan[3]. Er-xotin 2009 yoki 2010-yillarda Sanina MTV Ukraina koʻrsatuvining prodyuseri boʻlgan Bebko bilan intervyu qilingan vaqtda tanishishgan[5], lekin 2014-yilgacha ularning munosabatlari oshkor qilinmagan[3]. Er-xotinning birinchi farzandi Danilo 2015-yil 21-noyabrda tugʻilgan[10].

Kiyinish uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuliya Sanina oʻzining kiyimlariga katta eʼtibor qaratadi. Slava Tschaika va Vitaliy Datsiuk kabi stilistlar The Hardkissning aʼzolari uchun liboslar yaratadilar. Guruh shuningdek, yosh dizaynerlar (Ivanova, Bex, Nadiya Dziak, Anouki Bicholla va boshqalar) bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi[11]. Yuliya Sanina Alexander McQueen, Vivienne Westwood va Gareth Pugh kabi dizaynerlarning faoliyatiga qiziqadi. Kundalik hayotda u Diesel, H&M, Topshop singari kiyim-kechak kompaniyalarining liboslarini kiyishni afzal koʻradi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЮЛІЯ САНІНА“ (Ukrainian). TheUkrainians (2016-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  2. „Юлия Санина (The Hardkiss) стала магистром филологии“ (Russian). joinfo.ua (2013-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Ирина Татаренко. „Солисты The Hardkiss Юлия Санина и Валерий Бебко впервые рассказали о своей свадьбе: интервью Viva!“ (Russian). Viva! (2014-yil 22-iyun). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  4. „День народження Юлії Саніної: кращі пісні The Hardkiss“ (Ukrainian). znaj.ua (2017-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  5. 5,0 5,1 „Yulia Sanina: Strong, authentic voice of The Hardkiss wins fans, shakes up music scene“ (English). Kyiv Post (2016-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  6. „Солістка гурту The Hardkiss запустила власний відеоблог“ (Ukrainian). www.aif.ua (2014-yil 23-dekabr). 2014-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  7. „The HARDKISS – Guten Morgen – 18.03.2014“. YouTube. Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  8. „Идея для новогодней вечеринки: 8 образов Юлии Саниной“ (Russian). Vogue Ukraine (2016-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  9. „Eurovision 2023: Hosts revealed for Liverpool“ (english) (2023-yil 22-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  10. Габрук Майя. „Учасниця гурту "THE HARDKISS" Юлія Саніна хрестила сина (фото)“ (Ukrainian). Glamurchik (2016-yil 16-aprel). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  11. „Интервью : Юлия Санина и группа The Hardkiss“ (Russian). look.tm (2012-yil 12-sentyabr). 2014-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-mart.
  12. „Интервью с Юлией Саниной на“ (Russian). bit.ua (2013-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishdoshi:
Italiya Alessandro Cattelan, Laura Pausini va Mika
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2023
2023
Vorisi:
Shvetsiya Petra Mede and Malin Åkerman