Kontent qismiga oʻtish

Yulian Shimanskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yulian Aleksandrovich Shimanskiy
Tavalludi 17-dekabr 1883-yil
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1-aprel 1962-yil
Leningrad, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Yulian Aleksandrovich Shimanskiy(1883-yil 17-dekabr, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1962-yil 1-aprel, Leningrad, RSFSR, SSSR) – sovet olimi. SSSR Fanlar akademiyasi akademigi, birinchi darajali Stalin mukofoti sohibi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulian Aleksandrovich Shimanskiy 1883-yil 17-dekabrda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyati Toshkent shahrida tugʻilgan. 1905-yilda dengiz muhandislik maktabini, 1910-yilda Sankt-Peterburgdagi dengiz akademiyasini tamomlagan. 1910—1912-yillarda Boltiqbo'yi kemasozlik va muhandislik zavodida Petropavlovsk va Sevastopol jangovar kemalarida muhandis yordamchisi boʻlib ishlagan. 1912—1916-yillarda Kronshtadtdagi dengiz muhandislik maktabida inspektor yordamchisi; maktabning kemasozlik boʻlimida asosiy kemasozlik fanlaridan dars bergan. 1916—1925-yillarda Putilov zavodining Shimoliy qismida kemasozlik texnik idorasi boshligʻi boʻlgan, u Butakov tipidagi yengil kreyserlar va Novik tipidagi esminetslar uchun ishchi chizmalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan. 1920—1934-yillarda kemasozlik fanlari sikllari katta rahbari va Harbiy dengiz akademiyasining kemasozlik boʻlimi boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan. 1925—1927-yillar RKKF texnik boshqarmasi kemasozlik boʻlimi boshligʻi. 1927—1932-yillarda Oliy dengiz muhandislik maktabida oʻqituvchi. RKKF Ilmiy-texnik qoʻmitasining kema qurish boʻlimi boshligʻi. 1930-yil Butunittifoq kemasozlik ilmiy-texnika jamiyati boshqaruvi prezidiumi aʼzosi va „Kemasozlik“ hamda „VNITOSS materiallari“ jurnallarining tahririyat hay’ati aʼzosi etib saylangan. 1932—1938-yillar boʻlimi boshligʻi. 1933-yil SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan (1933-yil 2-yanvar Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi – matematika va tabiiy fanlar boʻlimi) 1930(1932)—1938-yillarda Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti boʻlimi boshligʻi, institut ilmiy-texnika kengashi raisi, kema zirhlash komissiyasi raisi. 1938-yil Kemalarning mustahkamligi boʻyicha mas’ul menejer. „Qizil Armiyada XX yil xizmati“ yubiley medali bilan taqdirlangan. Oliy attestatsiya komissiyasi unga professor ilmiy unvonini bergan. 1938—1945 Markaziy ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy-texnika kengashi raisi. 1940-yil „Faxriy qutb tadqiqotchisi“ unvoni bilan taqdirlangan. 1941-yil RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi unvoni berilgan. „Kema konstruksiyalarining dinamik hisobi“ ishi uchun birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1943-yil tugʻilganining 60 yilligi munosabati bilan harbiy kemasozlik va kemasozlik muhandislarini tayyorlash sohasidagi ajoyib xizmatlari uchun Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil SSSR Fanlar akademiyasining 220 yilligi munosabati bilan fan va texnikani rivojlantirishdagi ajoyib xizmatlari uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. 1945—1950-yillarda Leningrad kemasozlik institutida kemalarning struktura mexanikasi kafedrasi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan. 1947-yil Butunittifoq kemasozlik ilmiy-texnika jamiyati boshqaruvi raisi etib saylangan. Payvandlash texnik kengashining raisi etib tayinlangan. 1948-yil Leningrad Olimlar uyi kemasozlik seksiyasining raisi etib saylangan. 1950-yil Butunittifoq ilmiy muhandislik-texnika jamiyatining faxriy aʼzosi unvoni bilan taqdirlangan. 1953-yil SSSR Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan. (1953-yil 23-oktyabr Fanlar akademiyasining akademigi – Texnika fanlari boʻlimi (kema qurilishi)) 1954-yil Uzoq xizmat va benuqson mehnati uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlangan. Leningrad Olimlar uyi kengashi raisi etib saylangan. 1955-yil Kemasozlik sanoati ilmiy-texnika jamiyati markaziy boshqaruvi raisi va uning faxriy aʼzosi etib saylangan. Mashinasozlik ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan. 1956-yil Angliya dengiz muhandislari jamiyatining aʼzosi etib saylangan. U 1962-yil 11-aprelda Sankt Peterburgda vafot etgan va Literatorskiy qabristonida dafn etilgan.

Mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1938-yil „Qizil Armiyada 20 yil“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
  • 1939-yilda professor ilmiy darajasiga erishadi.
  • 1954-yil namunali xizmatlari uchun „Qizil bayroq mehnat ordeni“ bilan taqdirlangan.
  • 1943-yil kemasozlik sohasida kadrlarni tayyorlaganligi uchun „Lenin ordeni“ bilan taqdirlangan.
  • 1940-yilda „Faxriy dengizchi“ unvoni bilan mukofotlangan.
  • 1953-yil SSSR Fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvonini olgan.
  • 1941-yil SSSRda qilgan benuqson xizmatlari uchun „RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]