Yulgʻundoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yulgʻundoshlarikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Oʻrta boʻyli daraxt yoki buta, baʼzan chala butalardan iborat. Barglari (koʻpincha reduksiyalangan) navbatlashib joylashgan, mayda, odatda, bigizsimon yoki tangachasimon. Gullari mayda, ikki jinsli, toʻpguli shingilsimon yoki roʻvaksimon. Yevropa, Osiyo, Afrikada 3—4 turkumi, 120 ga yaqin turi tarqalgan. Asosan, shoʻrxok yerlarda, choʻl va chala choʻllardagi suv havzalari qirgʻoqlarida hamda togʻlarning quruq yon bagʻirlarida oʻsadi.