You Are Not Alone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„You Are Not Alone“
Michael Jackson qoʻshigʻi
„HIStory: Past, Present and Future, Book I“ albomidan
B tomon „Scream Louder“
Chiqarilgan sanasi 15-avgust 1995-yil
Yozib olingan 1994-yil noyabr
Studiya Chicago Recording Company (Chicago, Illinois)[1]
Janr
Davomiyligi 5:45
Leybl
Matn muallif(lar)i Robert Kelly
Prodyuser(lar)
  • R. Kelly
  • Michael Jackson
Michael Jackson singllari xronologiyasi
„Scream“ / „Childhood“
(1995)
You Are Not Alone
(1995)
„Earth Song“
(1995)
Klipi
„You Are Not Alone“ YouTubeda

You Are Not Alone“ (tarjimasi „Sen yolgʻiz emassan“) — amerikalik xonanda Michael Jackson ijro etgan qoʻshiq. 1995-yilning 15-avgustida Jacksonning oʻsha yili chiqarilgan „HIStory: Past, Present and Future, Book I“ deb nomlanuvchi toʻqqizinchi albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan.

„You Are Not Alone“ qoʻshigʻi R&B janridagi ballada boʻlib, uni amerikalik qoʻshiqchi R. Kelly shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklarga javoban Jackson uchun maxsus yozgan. Kelly qoʻshiq demosini Jacksonga yuborgan. Jacksonga qoʻshiq yoqqan va u Chikagodagi studiyasida Kelly bilan hamkorlikda ashulani yozishga qaror qilgan. Jacksonning qoʻshiqqa boʻlgan qiziqishi uygʻonishiga oʻz shaxsiy hayotidagi voqealar ham turtki boʻlgan. Qoʻshiq uchun Jackson va uning oʻsha paytdagi rafiqasi Lisa Marie Presley (talaffuzi: Liza Mari Presli) ishtirokida klip suratga olingan. Klipda yarim yalangʻochlik sahnalari bor.

Umuman olganda, qoʻshiq ijobiy kutib olingan hamda „Grammy“ va „American Music Award“ mukofotlari uchun nominatsiyalarni olgan. „You Are Not Alone“ qoʻshigʻi premyerasi „Billboard Hot 100“ xit-paradida birdaniga birinchi oʻrindan boshlangan qoʻshiq sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan. Koʻp sonda sotilgani uchun Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan „platina“ sertifikati bilan taqdirlangan. Shuningdek, qoʻshiq Avstriya, Belgiya, Fransiya, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Polsha, Ruminiya, Shotlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Buyuk Britaniya xit-paradlarida birinchi oʻrinni egallagan. Qoʻshiq 2006-yilda Jacksonning „Visionary: The Video Singles“ toʻplamiga kiritilgan va Buyuk Britaniyaning singllar xit-paradida 30-pogʻonagacha koʻtarilgan[2].

„You Are Not Alone“ Jacksonning hayoti davomida AQSh xit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan oʻn uchinchi va soʻnggi singlidir. Jackson 2009-yilning iyun oyida vafot etishi ortidan Kelly oʻzining „Love Letter“ (2010) albomiga qoʻshiqni kiritigan. 2011-yilda qoʻshiq Jacksonning „I Just Canʼt Stop Loving You“ qoʻshigʻi bilan remiks qilingan va oʻsha yili „Immortal Version“ nomi bilan „Immortal“ albomiga kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. DeRogatis, Jim „Making 'HIStory' Jackson Teams With R. Kelly on Album Here“. Chicago Sun Times. News Bank (2-dekabr 1994-yil). Qaraldi: 3-aprel 2010-yil.
  2. „Michael Jackson“. Official Charts Company.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]