Kontent qismiga oʻtish

Yoshlari kuni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kuniOʻzbekistonning milliy bayrami boʻlib, har yili 30-iyun — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor "Yoshlar kuni"ni nishonlash toʻgʻrisida e’lon qilgan, shu kunning oʻzida yangi tashkilot – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini yangi maqsad va vazifalar bilan tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-avgustda qabul qilingan va 2017-yil 24-avgustda Senat tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 25-avgustda imzolangan[1][2][3].

Davlatning turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yoshlarni ragʻbatlantirib borish maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali hamda har jabhada faol va jonkuyar yosh yigitlar uchun davlat rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan "Mard o`g`lon" davlat mukofoti ta’sis etildi[4].