Yordam:Maqola qanday yoziladi (tashqi havolalar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
4. Tashqi havolalar

Viki kodlari bilan tashqi havolalar yaratish juda osondir.

Tashqi havolalar

Internetda topilgan va mavzuga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador manzilni maqolaga qoʻshishni istasangiz, bir qoidani esda tutishingiz kerak. Maqolaning ensiklopedik qiymatini buzmaslik uchun unga har qanday tashqi link qoʻshib boʻlmaydi. Faqatgina ishonchli, tekshirilgan saytlarga havolalar bering.

Tashqi havolalarni faqat alohida boʻlimlarda bering. Bunday boʻlimlar Manbalar va Tashqi havolalar deb nomlanishi kerak. Tashqi havolalar boʻlimida havolalar ustma-ust roʻyxat boʻlib qoʻshiladi. Maqola ichiga manba qoʻshish uchun tegishli gap oxiriga <ref> tashqi havola va tushuntirish </ref> qilib yozishingiz mumkin. Bu havolalar Manbalar boʻlimida roʻyxat qilib chiqariladi (buning uchun Manbalar boʻlimiga {{reflist}} andozasini qoʻshing).

Ishlatilishi

Eng sodda yoʻli manzilni butunlay koʻchirib sahifaga qoʻyishdir. Masalan, Google saytiga ishorat qiladigan havola qurish uchun bunday yozing:

http://www.google.com/

Vikipediya bu yozuvingizni darhol internet linkiga aylantirib, kerakli HTML kodlarni qoʻshadi. Lekin bunday qoʻshilganda faqat sayt manzili koʻrinadi, oʻquvchi bu qanday sayt, maqolaga nega kerakligini bilmasligi mumkin.

Havola nega sahifada mavjud va qaysi xususiyati uchun oʻquvchiga kerakligini bildirish uchun havolaga tushuntirish berish kerak. Bu har tomondan bittadan kvadrat qavslar bilan amalga oshiriladi:

[http://www.google.com/ Google qidiruvi]

Eʼtibor qiling, avval bitta kvadrat qavs ochiladi, keyin darhol (boʻshliqsiz) sayt manzili, keyin boʻshliq, keyin esa saytga izoh, va nihoyat yopuvchi kvadrat qavs yozilmoqda.

Diqqat: Manzilida pipe (|) belgisi boʻlgan havolalar viki tomonidan toʻgʻri tanilmaydi. Shu belgilarni ularning ASCII ekvivalentiga almashtirish lozim. | belgisi ASCII’da %7C qilib yoziladi.

Tashqi havolalar boʻlimida har bir havola oldidan yulduzcha qoʻyib, ularni roʻyxatga aylantirish mumkin:

== Tashqi havolalar ==
*[http://www.google.com/ Google qidiruvi]
*[http://www.wikipedia.org/ Vikipediya bosh portali]


Oʻrganganlaringizni sinov sahifasida tekshirib koʻring
Keyingi mavzu: Intervikilar