Yor-yor (telekoʻrsatuv)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yor-yor – Oʻzbekistonning „Zoʻr TV“ telekanalidagi tok-shou[1]. 2020-yil 18-noyabrdan haftaning dushanbadan jumagacha boʻlgan kunlari efirga uzatilgan. Rossiyaning „Birinchi“ telekanalida Larisa Guzeyeva boshlovchiligida efirga chiqadigan „Давай поженимся“ („Kel, turmush quramiz“) koʻrsatuvining analogi[2]. Koʻrsatuvda kuyov va kelinlikka uch nafar nomzod (turmushga chiqmagan yoki turmushidan ajrashgan ayol-erkaklar) ishtirok etadi. Ular boshlovchilar tahlili asosida bir-birlari bilan uchrashtiriladilar[2].

Koʻrsatuv 2023-yilda suratga olingan „Yasha, xotin“ filmiga prototip qilib olingan[3].

Efirga chiqa boshlagan 2020-yil 18-noyabrdan 2024-yil 10-fevralgacha teleboshlovchi va shoira Muhabbat Hamroyeva, aktyor Toʻxtamurod Azizov va huquqshunos Ominaxon Karimova boshlovchiligida olib borilgan[4][5].

Koʻrsatuv efirga chiqqach, koʻplab muhokamalarga, aksariyat teletomoshabinlar eʼtirozlariga sabab boʻlib kelgan[6].

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shayxontohur tumaniga tashrifida mahalla faollari bilan uchrashgan. Uchrashuvda faollar televideniyeda efirga berilayotgan ayrim koʻrsatuvlar ustidan shikoyat qilishgan[7][6].

2023-yilning 28-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani Mirishkor qishlogʻida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan Surayyo Meliqulova oʻz singlisi uyida oʻldirib ketilganini xabar bergan. Qotil erkak qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, marhuma „Yor-yor“ koʻrsatuvi orqali 2021-yilda bухоролик эркак bilan tanishgan va uchrashib yurgan. Oʻzaro janjallashib qolgach, erkak ayolni qasddan oʻldirgan[8].

Koʻrsatuvda turli ayollar va erkaklar oʻz juftlarini topayotganliklari boshlovchilar tomonidan eʼtirof etib kelinadi. Muhabbat Hamroyevaning aytishicha, koʻrsatuv boshlangandan buyon, 2000ga yaqin „erkak va ayolni turmush qurishiga sababchi boʻlgan“[5]. Kun.uz nashrining „Subyektiv“ loyihasi muallifi Jamshid Ziyoxonov aytishicha, „koʻrsatuv boshlovchilari, ishtirokchilar kuchli hayajonda aytib yuborgan nooʻrin gaplarini (masalan „xotinimdan kaltak yeganman“, „men olamdagi sakkizinchi moʻjizaman“ kabi), koʻrsatuv reytingini koʻtarish maqsadida ataylab kesib tashlashmaydi“[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]