Yongzhou
Yongzhou (Xitoycha: 永州市)
| |
---|---|
profektura darajasidagi shahar | |
![]() Hunandagi Yongzhou shahri yurisdiktsiyasining joylashuvi
| |
Koordinatalar (Yongzhou): 26°25′12″N 111°36′47″E / 26.420°N 111.613°E / 26.420; 111.613Coordinates: 26°25′12″N 111°36′47″E / 26.420°N 111.613°E / 26.420; 111.613 | |
Davlat | Xitoy Xalq Respublikasi |
Provinsiya | Hunan |
Joy | Lengshuitan okrugi |
Maydon | |
Profektura darajasidagi
shahar hududi |
22,255.31 km2 ( |
Shahar markazi | 3,177.3 km2 |
Metro hududidagi
shahar maydoni |
3,177.3 km2 |
Aholisi (2020-yil hisobida) | |
Profektura darajasidagi
shahar hududi |
5,289,824 |
Zichlik | 240/km2 |
Shahar | 1,146,692 |
Shaharda aholi zichligi | 360/km2 (930/sq mi) |
Metro hududidagi aholi soni | 1,146,692 |
Metro hududidagi aholi zichligi | 360/km2 |
Vaqt zonasi | UTC+8 (Xitoy standarti) |
Pochta kodi | 425000
|
Hudud kodi | 0746 |
ISO 3166 kodi | CN-HN-11 |
Litsenziya raqami prefikslari | 湘M |
Website | yzcity.gov.cn |
Yongzhou (ilgari Lingling nomi bilan tanilgan) Xitoy Xalq Respublikasi Hunan provinsiyasining janubidagi profektura darajasidagi shahar hisoblanadi. Yongzhou shahri Xiao va Xiang daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Xiang daryosining janubiy qirgʻogʻida joylashgan. Shahar janubi-sharqda Guangdong va janubi-gʻarbda Guangxi shaharlari bilan chegaradosh.2000 yillik tarixga ega boʻlgan Yongzhou Hunan provinsiyasidagi toʻrtta qadimiy okrugdan biri hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 22,255.31 square kilometre (8,592.82 mi²)ni tashkil qiladi. 2020-yilgi Xitoyda aholini roʻyxatga olish koʻrsatkichida shahrning umumiy aholisi 5,289,824 kishini tashkil etdi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyda soʻnggi imperatorlik davrida Yongzhou prefekturaning markazi hisoblangan.
Geografiya va iqlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yongzhou Hunan provinsiyasining eng janubiy qismida, Xiao (Xiaoshui) va Xiang daryolarining qoʻshilish joyida joylashgan. Uning chegaralarida iqlim oʻzgarishining murakkabligini oshiradigan Nan togʻlari (Nan Ling) joylashgan. Yongzhou sharqda Chenzhou, janubda Hezhou (Guangxi), Guilin (Guangxi) va Qingyuan (Guangdong), shimolda Hengyang va Shaoyang bilan chegaradosh.
Yongzhou nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa). Yongzhouda 1981-2010-yillarda oʻrtacha yillik harorat 18.03 °C (64.5 °F)ni, shahar markazida esa 1971-2000-yillar oraligʻida 17.6 gradusdan 18.6 gradusgacha shkalani tashkil qilgan. Qish fasli qisqa vaqt davom etadi. Hududga dastlab quruq havo massalari kirib keladi vaqt oʻtishi bilan nam va yomgʻirli havo massalari kirib kela boshlaydi. Bahor fasli seryomgʻir oʻtadi. Eng koʻp yomgʻir yogʻadigan mavsum may oyiga toʻgʻri keladi. Yoz fasli issiq boʻladi, baʼzan oʻrtacha miqdordagi yomgʻir yogʻishi kuzatiladi.Eng issiq mavsum iyul va avgust oylariga toʻgʻri keladi. Kuz — eng quruq fasl. Yanvar oyidan may oyigacha deyarli har kuni yogʻingarchilik kuzatiladi. Yillik yogʻin miqdori 1,426 mm (56 in) ga yaqin . Fevral va mart oylarida 15 % dan iyulda 58 % gacha boʻlgan oylik mumkin boʻlgan quyosh nuri bilan shahar har yili 1491 soat quyosh nurini oladi.
Maʼmuriy boʻlinmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Lengshuitan okrugi
- Lingling okrugi
- Qiyang shahri
- Dongʻan okrugi
- Dao okrugi
- Ningyuan okrugi
- Jiangyong okrugi
- Lanshan okrugi
- Xintian okrugi
- Shuangpai okrugi
- Jianghua Yao avtonom okrugi
Xarita |
---|
Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yongzhouning hozirgi KKP partiyasi kotibi Li Hui, hozirgi meri esa Zhu Hongwu hisoblanadi.
Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havo[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yongzhou Lingling aeroporti
Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Hunan-Guangsi temir yoʻli
Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Xitoy 207 avtomagistrali
Taniqli fuqarolar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yongzhou supermodel Liu Wen va siyosiy dissident Tang Baiqiaolar tugʻilgan shahar hisoblanadi.
Qardosh shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat | Shahar | Shtat / mintaqa | beri |
---|---|---|---|
![]() |
![]() |
Markaziy viloyat | 2009-yil |
![]() |
![]() |
Selangor |
Sud binosidagi voqea[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yilda Yongzhou sud binosidagi otishmada uch nafar sudya halok boʻlgan va 3 ta sud xodimi yaralangan edi[2]. Sud zaliga avtomat bilan bostirib kelgan odam Xitoy adaliya tizimining nikohni bekor qilish boʻyicha qaroridan gʻazablangan va sudyalarga qarata avtomatdan oʻq uzgan[3].
Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „List of Sister cities of Hunan“. Hunan Government. 21-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Three judges shot dead at a court in Hunan, China“. BBC News (1-iyun 2010-yil).
- ↑ Jacobs, Andrew. „Fatal Shooting at Chinese Courthouse“. New York Times (1-iyun 2010-yil).