Yomon odat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doimiy ravishda barmoqni so'rish bolalarda yomon odat hisoblanadi, chunki bu tishlarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin.[1]

Yomon odat - bu salbiydek qabul qilinadigan fe'l-atvor modeli. Odatiy misollar quyidagilarni o'z ichiga oladi: kechiktirish, ortiqcha xarajat va tirnoq tishlash .[2]

Rivojlanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umuman olganda odatni shakllantirish bo'yicha izlanish insonda o'rtacha 66 kundan keyin yangi odatga ega bo'lishi mumkin.[3][4][5] Bu jarayon fe'l-atvorning hech qanday kasallik alomatlari bor bo'lmagan o'sishi bilan belgilanadi, bu vaqt oralig'idan keyin dastlabki tezlanish so`ngi nuqtasida sekinlasha boshlaydi.[4] Rivojlanish davri to`g`risida bir qancha o`zgarishlar mavjud. Yomon odatdan qutulish yoki chekish kabi zararli xatti-harakatlarni o'zgartirish uchun ko'proq vaqt talab qilishi mumkin.[6]

Xohish va maqsad[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yomon odatni giyohvandlik yoki ruhiy kasallikdan ajratishning asosiy yo`li iroda kuchidir. Agar odam hali ham o`zining fe'l-atvori ustidan nazoratga ega bo'lsa, bu shunchaki odatdir .[7] Kuchli harakat qilish orqali yomon odatlarning salbiy ta'sirini qisman darajada bartaraf etish mumkin, ammo yomon odatlarni to`laqonli yo`qotish uchun muntazam ravishda qat`iy harakat va qo'shimcha mehnat talab etiladi. Agar insonning irodasi yetarli darajada kuchli bo`lsa, har qanday yomon odatlardan qutulish mumkin. [8]

Oldini olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yomon odatni to'g'irlashning eng yaxshi davri u paydo bo'lishidan oldin. Ya`ni , bolalik davridayoq kelajakdagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan yomon odatlarning rivojlanishini oldini olish yaxshiroqdir.[9]

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Yomon odatlar shakllanib ulgurga bo`lsa, ularni yo'q qilishning bir qancha usullari mavjud. Masallan, 21 kundan 28 kungacha bo'lgan vaqt mobaynida odatga aylangan harakatlarni o`z holiga tashlamaslik uchun imkon qadar ko'proq harakat qiling va bu odatni bartaraf qilishga urinishingiz oxirida o'zingizni biron narsa bilan mukofotlang. Keyin yana bir hafta borishga harakat qiling, agar odat saqlanib qolsa, jarayonni qayta takrorlang, bu usul yuqori muvaffaqiyat darajasiga ega ekanligi isbotlangan.[10]

Xristianlik nuqtai nazari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xristian dinida gunohni takrorlash yomon odatdir.[11] Buni Hikmatlar kitobida ko'rish mumkin: "O'zining gunohlari uni boshqaradi va u o'z gunohlarining arqoniga mahkam bog'langan". (Hik. 22- oyat. ).

Gippolik Avgustin shunday deydi: "Gunohning takrorlanishi odati gunohkorlarni ko'r holatga olib keladi, shuning uchun ular takror qilayotgan yomonliklarini ham, o'zlariga olib keladigan halokatlarni ham ko'rmaydilar; shuning uchun ular zulmatda yashaydilar, go'yo na Xudo, na Iloh, na jannat ham, do'zax ham, abadiyat ham yo`q."

Ruhoniy Alphonsus Liguori yomon odatning uchta ta'siri borligini aytib o`tadi. 1) Bu fikrlashni sustlashtiradi. 2) Yurakni qattiqlashtiradi. 3) Bu aqliy salohiyatni pasaytiradi.[12]

Bundan tashqari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Giyohvandlik
  • Odat
  • Odatlar
  • Xayolni band qilish
  • Gunoh
  • Zo`ravonlik

Adabiyotlar ro`yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. M. S. Muthu, M. Sivakumar (2009), „Oral Habits“, Paediatric Dentistry: Principles and Practice, Elsevier, 320-bet, ISBN 9788131210581
  2. Suzanne LeVert, Gary R. McClain. The Complete Idiot's Guide to Breaking Bad Habits. Alpha Books, 2001. ISBN 0028639863. 
  3. Dean, Jeremy. Makingy habits Breaking habits. London: Oneworld, 2013 — 6–7 bet. ISBN 9781851689897. 
  4. 4,0 4,1 „Making health habitual: The psychology of 'habit-formation' and general practice“. British Journal of General Practice (2012-yil dekabr). Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
  5. Lally Phillippa (2009). "How are habits formed: Modelling habit formation in the real world". European Journal of Social Psychology 40 (6): 998–1009. doi:10.1002/ejsp.674. 
  6. Nash, Joyce. Lose Weight, Live Healthy: A Complete Guide to Designing Your Own Weight Loss Program. Boulder, CO: Bulls Publishing Company, 2011 — 51 bet. ISBN 9781936693146. 
  7. Mariana Valverde „Disease or Habit? Alcoholism and the Exercise of Freedom“,. Diseases of the Will: Alcohol and the Dilemmas of Freedom, 1998. ISBN 0521644690. 
  8. Bas Verplanken, Suzanne Faes (21 Jun 1999), „Good intentions, bad habits, and effects of forming implementation intentions on healthy eating“, European Journal of Social Psychology, 29-jild, № 5–6, 591–604-bet, doi:10.1002/(SICI)1099-0992(199908/09)29:5/6<591::AID-EJSP948>3.0.CO;2-H
  9. Bill Borcherdt. Making Families Work and What to Do When They Don't. Haworth Press, 1996 — 172 bet. ISBN 0789000733. 
  10. Herbert Fensterheim, Jean Baer. Don't Say Yes When You Want to Say No. Dell, 1975. ISBN 0440154138. 
  11. Bound By Sin (March-July 2019)
  12. Liguori, Alphonus „Sermon XX. On the Evil Effects of Bad habits.“,. Sermons for all the Sundays in the year. Dublin, 1882.