Kontent qismiga oʻtish

Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi
Mamlakat Oʻzbekiston
HududBuxoro viloyati
ShaharBuxoro
Maktab yoʻnalishisunniy
MulkdorYoʻldoshboy Shahrisabziy
Meʼmoriy uslubMarkaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisiYoʻldoshboy Shahrisabziy
Asosiy sana:
XIX asr
HolatiSaqlanib qolmagan
Hujralar soni10 ta
Qurilish materialiPishiq gʻisht

Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi XIX asrda Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Abdulahadxon davrida Yoʻldoshboy Shahrisabziy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Jumladan dastlabki vaqf hujjatida madrasa qurilishi uchun 1885-yil 16-martda Yoʻdoshboy Shahrisabziy Soʻzangaron guzaridagi beshta doʻkonini vaqf qiladi. Yoʻdoshboy Shahrisabziy madrasa qurilishini oxiriga yetkazish maqsadida yana toʻqqiz ming tanga vaqf qilgan. Madrasa toʻqqizta hujradan va bitta dars xonadan iborat boʻlishi lozim boʻlgan. Agar undan ham ortib qolsa bitta doʻkon va bitta saroycha sotib olinishi zarur boʻlgan. Madrasaning shimolida Mir Shamsiddin valadi Mirzo Solih hovlisi, janubi va sharqida koʻcha mavjud boʻlgan. Madrasaning vaqf mutavvaliysi voqifning oʻzi boʻlgan. Undan keyin bu vazifani Buxoroyi sharif raisi bajargan. Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi Buxorodagi faol oʻquv dargohlaridan biri hisoblangan. Madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Asosan ularda Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi mudarris va toliblarining moddiy taʼminoti aks ettirilgan[1]. Madrasa hujralarida ikki nafardan talabalar yashagan. Sadri Ziyo ushbu Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasada 9 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[2]. Yoʻldoshboy Shahrisabziy madrasasi 9 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

  1. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 592-bet. 
  2. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 122-bet.