Ying Rudi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ying Rudi
Ying 2017-yilda
Tugʻilgan joyi 16-avgust 1998-yil (1998-08-16) (25 yosh)
Pekin, Xitoy
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 169 lb (77 kg; 12 st 1 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
KHL (P)
Cur. team
Kunlun Red Star
KRS-BSU (VHL)
Milliy jamoa  Xitoy
Jamoalardagi faoliyat 2016—hozirgacha

Ying Rudi (talaffuzi: Ying Rudi) (1998-yil 16-avgustda tugʻilgan) — xitoylik professional xokkeychi. Ying Rudi hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ying Rudi 1998-yil 16-avgustda Pekinda rejissyor va aktyor Ying Da va Liang Huan oilasida tugʻilgan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ying Rudi 9 yoshida oilasi bilan Chikago shahriga koʻchib oʻtgan. Bu vaqtgacha Ying Rudi Pekindagi bolalari uchun moʻljallangan xokkey jamoalarida oʻynagan.[1]. Ying Rudi 2012 —2013-yilgi mavsumda „Boston Bruinsxokkey klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi.

Ying Rudi 2015 —2016-yilgi mavsumda Ontario xokkey ligasi (OJHL) vakili „Toronto Patriots“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[2].

2016-yil 16-avgustda Ying Rudi Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[3]. Shundan soʻng, Ying Rudi KHL va NHLda oʻynagan birinchi xitoylik xokkeychiga aylandi[4]. Ying Rudi klub safidagi birinchi mavsumida 25 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ying Rudi 2014-yilgi IIHF U-18 Jahon chempionati II divizionida Xitoyning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar millay xokkey terma jamaosi safida ishtirok etdi. Jamoadagi eng yosh oʻyinchi Ying Rudi musobaqada beshta oʻyinda yetti ochko (beshta gol va ikkita golli uzatma) toʻplashga muvaffaq boʻldi[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ying Rudi dastlab Pekindagi savdo markazida xokkey oʻynashni boshlagan edi. Ying Rudining onasi xarid bilan band boʻlganida u konkida uchar edi. Ota-onasi Ying Rudini toʻqqiz yoshida karyerasini davom ettirish uchun Qoʻshma Shtatlarga yuborishga qaror qilishdi[6]. Dastlab Ying Chikagoda yashagan, ammo keyinchalik Boston hududiga koʻchib oʻtgan. Bu yerda Ying Rudi Sauthboroughdagi Fay maktabida tahsil olgan[7].

Ajdodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ying Rudining katta bobosi Ying Lianzhi (英敛之; 1867 —1926) Takungpao va Fu Jen katolik universitetining asoschisidir. Ying Rudining katta buvisi Aisin Gioro Shuzhong (爱新觉罗·淑仲) Sin sulolasi qirollik oilasining aʼzosi edi. Ying Rudining katta onasi tomonidan bobosi Cai Rukai 蔡儒楷; 1867 — 1923) Beiyang universiteti prezidenti edi. Ying Rudining katta bobosi Ying Qianli (英千里; 1900 —1969) Tayvan universiteti va Fu Jen katolik universiteti professori edi. Ying Rudining buvisi Cai Baozhen (蔡葆真) Pekin bolalar kutubxonasi prezidenti edi. Ying Rudining buvisi Zhou Enlai (吴世良) Chjou Enlaining tarjimoni edi. Ying Rudining bobosi Ying Ruocheng 1986-yildan 1990-yilgacha rejissor, aktyor, dramaturg va madaniyat vaziri oʻrinbosari boʻlgan. Ying Rudining xolasi Ying Xiaole (英小乐) xitoy-amerikalik rassom boʻlgan edi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16. Ying Lianzhi
 
 
 
 
 
 
 
8. Ying Qianli
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17. Aisin Gioro Shuzhong
 
 
 
 
 
 
 
4. Ying Ruocheng
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
18. Cai Rukai
 
 
 
 
 
 
 
9. Cai Baozhen
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
19.
 
 
 
 
 
 
 
2. Ying Da
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Wu Shiliang
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Ying Rudi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6. Fan Rongkang (Liang Da)
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Liang Huan
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7. Shen Rong
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
15.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012 —2013 Boston Jr. Bruins 18U AAA EJEPL 19 4 5 9 2 4 0 0 0 0
2013 —2014 Beijing Ice Hockey China
2014 —2015 Beijing Ice Hockey China
2014 —2015 Connecticut Nighthawks MetJHL 8 1 0 1 2
2014 —2015 Phillips Exeter Academy USHS 14 0 1 1
2015 —2016 Valley Jr. Warriors 18U AAA MHSL 14 4 7 11 4
2015 —2016 Toronto Patriots OJHL 19 2 1 3 30
2016 —2017 Kunlun Red Star KHL 25 0 0 0 2
2017 —2018 KRS Heilongjiang VHL 42 2 0 2 18
2017 —2018 KRS Junior MHL 6 1 3 4 20
2018 —2019 KRS-ORG VHL 51 4 16 20 79
2018 —2019 Kunlun Red Star KHL 2 1 0 1 0
2019 —2020 KRS-BSU VHL 53 4 12 16 28
2021 —2022 Kunlun Red Star KHL 20 1 0 1 6
KHL jami 47 2 0 2 8

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2014 Xitoy WJC18 D2B 5 5 2 7 12
2015 Xitoy WJC18 D2B 5 6 1 7 12
2016 Xitoy WJC18 D2B 4 2 1 3 33
2017 Xitoy WJC D3 5 9 10 19 0
2017 Xitoy WC D2B 5 1 3 4 18
2018 Xitoy WJC D3 5 8 6 14 4
2018 Xitoy WC D2A 2 0 0 0 2
2019 Xitoy WC D2A 5 1 2 3 4
2022 Xitoy OG 4 0 0 0 4
Oʻsmirlar safida 24 30 20 50 61
Kattalar safida 16 2 5 7 28

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sapurji. „Rudi Ying follows family tradition, opens doors to China through hockey“. Sports.Yahoo.com (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
  2. „Pats make moves around New Year, deadline“. Toronto Patriots (2016-yil 28-yanvar).
  3. „Chinese KHL Club Signs First Local Player“. The Hockey Writers (2016-yil 17-avgust).
  4. Lerner. „South Korea and China Chasing Hockey Dreams“. TheDiplomat.com (2017-yil 4-may). Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  5. „All-Time Statistics WJC-18 D2B“. Elite Prospects. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  6. Sapurji. „Rudi Ying follows family tradition, opens doors to China through hockey“. Sports.Yahoo.com (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust. Sapurji, Sunaya (2015-08-19). „Rudi Ying follows family tradition, opens doors to China through hockey“. Sports. Yahoo.com. Retrieved 2015-08-19.
  7. Kennedy. „Rudi Ying and the inevitable Chinese hockey revolution“. TheHockeyNews.com (2015-yil 20-avgust). Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.