Yevrosiyo (it)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevrosiyo zoti

Yevrosiyo – Yevropa va Osiyo zotlarini chatishtirish natijasida Germaniyada yaratilgan it zoti. U muloyim feʼl-atvorga ega boʻlib, begonalar bilan ham, xoʻjayinlari bilan ham birdek munosabatda boʻladigan hamroh it sifatida tanilgan.

Tashqi koʻrinish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevrosiyoning tanasi muvozanatli, boʻyi oʻrta, quloqlari tikka joylashgan. Ranglari turli xil: jigarrang, qizil, kulrang, qora. Jigar rang, oq, ola ranglarini uyda boqishga ruhsat berilmaydi. Cynologique Internationale (FCI) standartlari boʻyicha Yevrosiyo turi kalta va oʻrta uzunlikdagi yung qatlami, butun tanasini (tumshugʻi, yuzi, quloqlari, old oyoqlari) qoplagan teri-yung qatlami qisqa tolali boʻladi. Old oyoqlari, dum qismi esa uzun tolali jun qatlami bilan qoplangan. Boʻyin qismining yung qatlami boshqa qismlaridan qalinroq boʻladi. Tili pushti, koʻk-qora, dogʻli koʻrinishlarda boʻladi. Erkaklarida boʻy uzunligi 52-60 sm, ogʻirligi 23-32 kg. Urgʻochilarida 48-56 sm boʻlib, ogʻirligi 18 dan 26 kg gacha boʻladi.

Temparamenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevrosiyolar oʻzini sokin tutish bilan birga, biroz jahldor itlarhamdir. Ular hushyor, epchil, begonalarga nisbatan ehtiyotkor. Bu it zotlari xoʻjayinlari va oilasidagilar bilan yaxshi munosabatda boʻladi. Ular egasi tomonidan doimiy ravishda mashgʻulotlar va eʼtiborga muhtoj. Qattiq soʻzlarga nisbatan sezgir va intizomga tez oʻrganadi[1].

Yevrosiyolar koʻproq hamroh it sifatida boqiladi. Ular xizmat ishlari, harbiylik, chana mashgʻulotlarida faol boʻlmaganligi uchun tinch uy muhitida yetishtiriladi. Intizomli boʻlgani bilan har doim kuchli ta'qib ostiga olish, zanjirlar bilan cheklash unga salbiy taʼsir qiladi. Xoʻjayinlari bilan boʻlsa barcha faoliyatlarni yaxshi bajara oladi. Uni ochiq joylar, hovlilarda boqish kerak, chunki keng va tinch joylarda oʻynab zavqlanadi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevrosiyolar 1960-yilda Germaniyada yetishtirilgan. U Julius Wipfel, Charlotte Baldamusning Chow Chow va Wolfspitz itlarining eng yaxshi zotini yaratish tadqiqotlarining na'munasi hisoblanadi. Bu zot turi dastlab Wolf-Chow deb nomlangan. Oʻn ikki yildan keyin bu nom Yevrosiyo deb oʻzgartirilgan va 1973-yilda FCI tomonidan tasdiqlangan. Nobel mukofoti sovrindori Konrad Lorenz Charlotte Baldamusdan Yevrosiyo kuchukchasini oladi va uni Babett deb nomlaydi. U itning feʼl-atvorini oʻzi bilganlardan eng yaxshisi deb taʼriflaydi. Yevrosiyo zoti 1995-yilda Kanadada Kennel klubi tomonidan uchinchi guruh ishchi itlar sirasiga kiritilgan[2].

Sogʻligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevrosiyo odatda sogʻlom itlardan hisoblanadi. Lekin bazida irsiy kasalliklar bilan ogʻrib turish hollari kuzatilgan. Koʻpincha son displazi, gipoterioz, entropion va ektropion koʻz kasalliklariga moyil boʻladi[3][4][5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eurasier - Price, Temperament, Life span“ (en). Dogbreedslist. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-sentyabr.
  2. „Eurasier moves from imported to breed register“. Dog World (newspaper). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
  3. „Eurasier Club of Canada: The Health of the Eurasier“. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  4. „Suomen Eurasier Kerho ry.: Terveys“ [Finnish Eurasier Club: Health] (fi). Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  5. „Zuchtgemeinschaftfuer Eurasier e.V.: The known hereditary defects in Eurasiers“. 2010-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-mart.