Chana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chana, chena — asosan, qor va muz sirtida sirpanib yuriladigan gʻidsiraksiz aravacha. Usti ochiq, yopiq (kajavali), soyabonli va boshqa xillari bor. Sirpangʻich yogʻoch (changʻi) ustiga oʻrnatilgan korpusdan iborat. Baʼzan, sirpangʻich yogʻoch tagiga metall ham qoplanadi. Chanadan transport va sport vositasi, bolalar oʻyinchogʻi sifatida foydalaniladi. Chanani odam, ot, bugu, itlar va hatto gʻozlar tortib yurishi mumkin. Asosan, qish uzoq davom etadigan va qor koʻp yogʻadigan shimol mamlakatlarida keng tarqalgan. Qadimgi [[Misr]?, Rus va boshqa baʼzi mamlakatlarda chana dafn marosimlarida ham qoʻllanilgan. Oʻzbekiston hududida, asosan, bolalar va sport chanasi ishlatiladi. Chananing 6 — 8 sportchiga moʻljallangan "chanaqayiq" rusumli sport turi rezinapolimer materiaddan tayyorlanadi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]