Yevkratid I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevkratid I
Basileus
Yunon-Baqtriya podsholigi hukmdori
Saltanat mil.avv 171–145
Oʻtmishdoshi Yevtidem II
Davomchisi Yevkratid II
Davomchisi Geliokl I
Turmush oʻrtogʻi Amastris
Farzandlari
Sulola Diodotid
Otasi Geliokl
Onasi Laodik

Yevkratid I (qadimgi yunoncha: Εὐκρατίδης, Eukratídēs, miloddan avvalgi 172/171—145-yillarda hukmronlik qilgan[1]) Yunon-baqtriya hukmdorlaridan biri. Yevkratid Yevtidemidlar sulolasini agʻdarib tashladi va Diodotidlarni hokimiyatga qaytardi[2]. U Hindistonning sharqiy ellinistik hind hukmdorlariga qarshi kurashib, Hind daryosi va Barigazagacha boʻlgan hududni egallab, oʻz hududlarini kengaytirdi. Keyinchalik Menanderdan magʻlub boʻldi va hukmronligi faqat Baqtriya hududlari bilan chegaralandi. Yevkratid tangalar zarb qildirdi. Miloddan avvalgi 120-yilda yuechjilar mamlakatni bosib oldi. Uning oʻgʻli Geliokl I Baqtriyada hukmronlik qilgan oxirgi yunon shohi edi[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayotining boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevkratid miloddan avvalgi 204-yil ellinistik shahar Oyxonimda tugʻilgan. Uning tasviri turli topilmalarida tasvirlangan. Uning ota-onasi, Diodotidlar sulolasining aʼzolari boʻlgan.

Davlat toʻntarishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevkratid I tangasi.

Yevkratid Baqtriyadagi Yevtidemidlar sulolasini agʻdarib, taxtga oʻtirdi. Bu davrda Demetriy Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismini bosib olgan edi. Yevkratid Baqtriyada taxtdan tushirgan podshoh Antimax I hisoblanadi[5]. Yevkratid tangalarining baʼzilari uning ota-onasiga atab chiqarilgan. Tangalarda uning otasi Geliokl va onasi Laodik ismi qayd etilgan[6]. Narain va boshqa zamonaviy mualliflar uni Diodot I ning qizi deb hisoblashadi. Yevtidemidlar sulolasini taxtdan tushirgandan soʻng Baqtriyaning hukmdori boʻlgan Yevkratid Parfiya bosqiniga duch keldi. Parfiya miloddan avvalgi 170-yillarda Demetriydan Tapuriya va Margʻiyonani qaytarib oldi[7].

Qadimgi yunon geograflari tomonidan Oks daryosi boʻyida joylashgan katta boyliklar shahri sifatida tilga olingan Yevkratideya (Oὐkadradikeya) shahri Yevkratid sharafiga nomlangan[8][9][10].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rim tarixchilarining manbalariga koʻra Yevkratid Hindistondan safaridan qaytayotganida oʻgʻli tomonidan oʻldirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Shape of Ancient Thought. Comparative studies in Greek and Indian Philosophies by Thomas McEvilley (Allworth Press and the School of Visual Arts, 2002) ISBN 1-58115-203-5
  • Buddhism in Central Asia by B. N. Puri (Motilal Banarsidass Pub, 1 January 2000) ISBN 81-208-0372-8
  • The Greeks in Bactria and India, W. W. Tarn, Cambridge University Press.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eucratides | king of Bactria“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  2. Marcellinus, xxvii. 6.
  3. Foundation. „Welcome to Encyclopaedia Iranica“ (en-US). iranicaonline.org. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  4. Boyce 1986, pp. 460-580
  5. Tarn
  6. Astin, A. E.. The Cambridge Ancient History. Cambridge University Press, 1990 — 401 bet. ISBN 978-0-521-23448-1. 
  7. „Mithradates I (c. 171 - 138 B.C.)“. www.parthia.com. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  8. Ptolemy, vi, 1, 7; Strabo xi. 11
  9. William W. Tarn: The Greeks in Bactria and India. 2. Aufl., Cambridge 1951, p. 207-208
  10. „Encyclopaedia Iranica“.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]