Yevkradit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yevkradit (? — mil. av. 155) — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. taxminan 171 — 155), dastlab Baqtriyadagi harbiy garnizon boshligʻi. Demetriy I ning Hindistonga qilgan yurishidan foydalanib, mil. av. taxminan 174-yilda Baktriyada qoʻzgʻolon koʻtargan va hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. Baqtriyaliklar Yevkradit boshchiligida sugʻdiylar, araxotlar, drangʻlar, areylar va hindlar bilan betinim urushlar olib borishgan. Demetriy I bir qism qoʻshini bilan Hindiston yurishidan qaytib Yevkradit qoʻshini bilan kurashga kirishgan va Baqtra shaharini qamal qilgan. Qamal 5 oyga choʻzilgan. Yevkradit 300 jangchisi bilan bot-bot qalʼadan chiqib 60 minglik qoʻshinga ega raqibiga ketma-ket zarbalar berib gʻalabaga erishgan, Demetriy I jangda halok boʻlgan. Demetriy I ning vorislari Hind vodiysidagi hokimiyatni oʻz qoʻllarida saqlab qolgan. 2 ta mustaqil hokimiyat: Yunon-Baqtriya va Yunon-Hind podsholigi vujudga kelgan. Mil. av. 162-yilda Yevkradit Parapamisadga bostirib kirib Demetriy I ning vorislaridan Panjobni tortib olgan. Ammo, uning hujumi Hind vohasidagi Yunon-Hind podsholigining shohi Menandr tomonidan toʻxtatilgan. Yevkradit Hindistondan qaytayotganida oʻgʻli va taxtdoshi Geliokl tomonidan oʻldirilgan. Yevkradit zarb etgan tangalar arxeologlar tomonidan Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston hududidan koʻplab topilgan[1].

Yana qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil