Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Yurkevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevgeniy Nikolayevich Yurkevich (1936-yil noyabr, Oʻzbekiston SSR Surxondaryo viloyati Denov shahri) — sovet futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rus, komsomol aʼzosi. 1955—1958-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan[1].

Futbolchilik faoliyatini „Elektrostal“ jamoasida boshlagan. 1960-yilda u Perm Zvezdaga transfer qilinadi. 1960—1961-yillarda u „Kimyogar“ Berezniki jamoasida oʻynadi. Jamoda u viloyat chempionatida gʻolib chiqadi va Odessadagi Butunittifoq qishloq oʻyinlari gʻolibi boʻladi[2]. Keyingi yili u Sverdlovsk Uralmash jamoasida tarkibida oʻynaydi. Yevgeniy jamoa tarkibida toʻliq mavsumni oʻtkazadi. Barcha turnirlarda 29 ta oʻyinda maydoga tushadi va 13 ta gol uradi[3].

1963-yilda u Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga oʻtadi. Oliy ligada ikkita oʻyin oʻtkazadi[3]. 1963-yil 1-iyunda u Torpedoda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻladi. Ammo tez orada 31-avgustda oʻz xohishi bilan ishdan boʻshaydi[1].

1964—1965-yillarda u Qaragʻandaning „Shaxtyor“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Chempionatda 75 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan[3]. 1964-yilgi mavsumda u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan[4] . Keyinchalik u Yaroslavl „Shinnik“, Kishinyov „Avyntul“, Balashixa „Mashinostroitel“ va „Kolos“ Pavlovskaya[1] kabi jamoalarda oʻynagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Андрей Костенецкий. „Материалы из архива ЗИЛа. Часть 3 («Торпедовские раритеты» Андрей Костенецкого)“. https://torpedo.ru/. Футбольный клуб «Торпедо» Москва (10 марта 2013). 2017-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  2. Bugs1988. „История Березинского футбола“. http://fc-berezino.ucoz.ru/. Сайт болельщиков ФК «Березино» (8 сентября 2011). Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Юркевич Евгений Николаевич, 11.1936, футболист“. http://footballfacts.ru/. FootballFacts.ru вся информация на одном сайте. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  4. „Состав команды «Шахтёр» Караганда в сезоне 1964“. http://footballfacts.ru/. FootballFacts.ru вся информация на одном сайте. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Profil FootballFacts.ru saytida