Yevgeniy Matveyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevgeniy Matveyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yevgeniy Anatoliyevich Matveyev
Tavallud sanasi 1966-yil 23-avgust
Ampluasi yarimhimoyachi, hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987  SSSR Neftchi (Fargʻona) (2 (1))
1988  SSSR Avtomobilchi (15 (0))
1989-1990  SSSR Neftchi (Fargʻona) (55 (18))
1990-1991  SSSR Avtomobilchi (39 (14))
1991  SSSR Drujba (Budyonnovsk) (21 (10))
1992-1993  UZB Neftchi (Fargʻona) (38 (7))
1994  RUS Spartak (Anapa) (8 (1))
1994-1995  RUS Lokomotiv NN (4 (0))
1995  UZB Atlaschi (3 (0))
1996  UZB Dinamo (Urganch) (11 (3))
1998  UZB Toʻqimachi (-)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Evgeniy Anatolevich Matveev (1966-yil 23-avgust) - sovet, oʻzbek va rus futbolchisi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida toʻp surgan.

Mehnat faoliyatini 1983-yildaNeftchi (futbol klubi)”(Fargʻona) jamoasi tarkibida boshlagan. 1991-yilgacha turli davrlarda “Neftyanik” (keyinchalik “Neftchi”) va “Avtomobilchi”(Qoʻqon) jamoalarida toʻp surgan. 1991-yilning ikkinchi yarmini Budyonnovskdagi “Drujba” klubida oʻtkazgan.

1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin yana “Neftchi” safiga qaytib, 1993-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Bu vaqtda futbolchi ikki karra Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilda Rossiyaga joʻnab ketib Anapa “Spartak” klubi tarkibiga qoʻshiladi, biroq biroz vaqt oʻtib Nijniy Novgorodning “Lokomotiv” jamoasiga oʻtadi. “Lokomotiv” safida 1994-yilda oliy ligada toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 1995-yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonga qaytib, Margʻilonning “Atlaschi” jamoasida oʻynay boshlagan. Bir yildan soʻng Urganchning “Dinamo” jamoasi a’zosiga aylangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Профиль на сайте FootballFacts.ru