Yettisuv viloyati
Yettisuv viloyati Жетісу облысы | |
---|---|
Viloyat | |
45°01′0″N 78°22′0″E / 45.01667°N 78.36667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Maʼmuriy markazi | Toldiqoʻrgʻon |
Hukumat | |
• Hokim | Beybit Isabayev[1] |
Asos solingan | 2022-yil 8-iyun |
Maydon | 118,500 km2 (45,800 kv mi) |
Aholisi (2021) |
650,000[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
|
Yattisuv viloyati (qozoqcha: Жетісу облысы, ruscha: Жетысуская область), Qozog‘iston viloyatlaridan biri. Maʼmuriy markazi Toldiqoʻrgʻon shahri. Umumiy yer maydoni 118,500 km².
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil 16-mart kuni viloyat tashkil etilishini eʼlon qildi. Toqayevning 2022-yil 8-iyundagi farmoni kuchga kirgandan so‘ng, hudud Olmaota viloyatidan ajralib chiqqan. Viloyatning maʼmuriy markazi Toldiqoʻrgʻon, Olmaota viloyati markazi esa Qoʻnayevga koʻchirildi[3]. 2022-yil 11-iyun kuni Beybit Isabayev viloyat hokimi etib tayinlangan[4]. Viloyat chegaralari taxminan 1997-yilda tugatilgan va Olmaota viloyati bilan birlashtirilgan eski Toldiqo‘rg‘on viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Maʼmuriy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat tarkibiga 8 ta tuman va 2 ta viloyatga boʻysunuvchi shahar kiradi:
- Oqsuv tumani — Jansugurov qishlogʻi;
- Alakoʻl tumani — Usharal shahri;
- Yeskeldi tumani — Qorabuloq qishlogʻi;
- Qoratol tumani — Uchtepa shahri;
- Kerbuloq tumani — Sarioʻzak qishlogʻi;
- Koʻksu tumani — Balpiq-biy qishlogʻi;
- Panfilov tumani — Jarkent shahri;
- Sarqand tumani — Sarqand shahri;
- Toldiqoʻrgʻon shahri;
- Tekeli shahri.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Нурлан Уранхаев назначен акимом Абайской области“. tengrinews.kz (2022-yil 11-iyun).
- ↑ „Даниал Ахметов высказался о создании Абайской области“. www.nur.kz (2022-yil 6-aprel).
- ↑ „В Казахстане появится четыре новых региона“. Interfax (2022-yil 16-mart).
- ↑ „Бейбит Исабаев назначен акимом Жетысуской области“. tengrinews.kz (2022-yil 11-iyun).