Yetti Xoʻja urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yetti Xoʻja urushi, shuningdek, Yetti Xoʻjaning qoʻzgʻoloni (xitoycha: 七和卓之亂)[1], 1847-yilda Daoguang imperatori davrida boshlangan Xitoyning Qing sulolasiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Qoʻzgʻolonga Shinjondagi yetti musulmon yetakchisi, jumladan Valiyxon, Kattaxon, Kichikxon va Tavakkul Xoʻja boshchilik qilgan. Qoʻqon xonligi tomonidan qoʻllab-quvvatlagan qoʻzgʻolonchilar „muqaddas urush“ nomi ostida Qashgʻar, Yorkend va Yangi Hisorga hujum qiladilar[1]. Qoʻzgʻolon muvaffaqiyatsiz yakunlanadi, lekin unga qaysidir maʼnoda Altishahrdagi Qing hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolonlarning dastlabki bosqichlari sifatida qarash mumkin[2][3][4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]