Yetimkalos tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yetimkalos tizmasi — Surxondaryo viloyatidagi Surxon-Sherobod qator tepalari tarkibiga kiruvchi tizma. Eng baland joyi 1216 m. Uzunligi 8-10 km. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻri ancha tik. Janubi-sharqiy yon bagʻri yotiqroq, quruq soy va tor daralar bilan oʻyilgan. Yetimkalos tizmasi boʻr va paleogenning qumtosh, alevrolit, ohaktosh va gipsidan tashkil topgan. Ayrim joylarda dagʻal toʻq boʻz tuproqlar yuvilib ketganligi tufayli tub jinslar ochilib qolgan. Yon bagʻirlarda qoʻngʻirbosh, iloq, efemeroidlar, shuningdek, shair bilan birga togʻ shuvogʻi, biyurgʻun, shoʻra, gulxayri, oqquray keng tarqalgan. Yetimkalos tizmasi yaylov sifatida foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil