Yelena Dembo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelena Dembo

 Yelena Dembo (1983-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — gretsiyalik shaxmatchi. U xalqaro shaxmat ustasi va ayol grossmeyster unvonlariga ega.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dembo 1983-yil 8-dekabrda Rossiyaning Penza shahrida tugʻilgan. U birinchi marta uch yoshida oʻqishni boshlagan. U birinchi marta oʻn ikki yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi shaxmat turnirida oʻynadi.

Demboning onasi Nadejda Fokina[1] shaxmat boʻyicha SSSR sport ustasi, tilshunos, shaxmat boʻyicha jurnalist va murabbiydir. Oʻtmishda u SSSR shaxmat chempionatida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 1967-yilda 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Rossiya chempioni boʻlgan. U shuningdek, 1992-yilda Filippinning Manila shahrida boʻlib oʻtgan, Shaxmat Olimpiadasida Isroil terma jamoasida oʻynagan. Demboning otasi professional pianinochi, u Leningrad musiqa akademiyasini tamomlagan. Hozirda Demboning otasi shaxmat boʻyicha murabbiy, jurnalist va psixologdir.

Yetti yoshida uning oilasi Isroilga koʻchib oʻtdi va yosh Dembo besh marta, shu jumladan bir marta „20 yoshgacha“ toifasida isroillik qizlar chempioni boʻldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning koʻp vaqti shaxmat boʻyicha murabbiy sifatida oʻtgan. Dembo 2001—2003-yillarda Vengriyada yashagan davrida, ayollar oʻrtasidagi Vengriya chempionatida gʻolib chiqdi. U oʻn yetti yoshida ayol grossmeyster (WGM) va oʻn toʻqqiz yoshida xalqaro shaxmat ustasi (IM) unvoniga ega boʻldi[2]. 2003-yil oxirida, u Gretsiyaning Afina shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda 2004-yilda Sotiris Logothetisga turmushga chiqdi[3].

U 2002-yildagi 20 yoshgacha boʻlgan qizlar uchun tezkor shaxmat boʻyicha, Yevropa chempionatida oltin medali qoʻlga kiritgan. U 2005-yil Moldovada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida, Yevropa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi. Dembo 2008-yilda Liverpoolda boʻlib oʻtgan, Yevropa Ittifoqining shaxsiy ochiq shaxmat chempionatida „eng yuqori oʻrinni egallagan ayol“ sovrinini qoʻlga kiritdi.

Dembo shaxmat boʻyicha Isroil, Xorvatiya, Vengriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va Turkiya mamlakatlarida erkaklar va ayollar ligalarida qatnashgan. U Olimpiadalarda va Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida Vengriya va Gretsiyani himoya qilgan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dembo shaxmat boʻyicha Everyman Chess nashriyoti uchun quyidagi ingliz tilidagi kitoblarni chop etgan;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Misha Savinov. „Misha Interviews. Interview with Yelena Dembo“ (PDF). ChessCafe.com (2006-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 17-iyul.
  2. „Online Chess Interview“. Chessmaniac.com (2006-yil 23-yanvar). 2008-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  3. Dembo. „About Me – IM/WGM Yelena Dembo's Chess Academy“ (2018-yil 10-mart). 2018-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]