Penza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Penza — RF Penza viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Sura daryosi (Volga irmogʻi) boʻyida. Penza va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 534 ming kishi (1998). Mashinasozlik (dizel, kompressor, elektron-hisoblash mashinalari, kimyo, toʻqimachilik mashinasozligi, soatsozlik, velosiped zavodlari), yengil, oziq-ovqat, qogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari, tibbiy pre-paratlar zavodi, pianino f-kasi bor. 5 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, botanika bogʻi, oʻlkashunoslik, xalq ijodiyoti, N.N.Burdenko, V.E. Meyerxold muzeylari, suratlar galereyasi mavjud.

1663 yilda Rossiya davlatining jan.sharqiy chekkasida ostrog (chegara istehkomi) sifatida asos solingan. 1719 yildan noiblik, 1796—97 yillarda va 1801 yildan gubernya markazi. 1928—30 yillarda Srednevoljsk oʻlkasi Penza okrugi markazi. 18—20-asr boshlaridagi meʼmoriy yodgorliklar: barokko uslubidagi Petropavlovsk sobori (18-a), SpasPreobrajeniye monastirining kafedrali sobori (18—19-asrlar) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil