Kontent qismiga oʻtish

Duntinxu

Vikipediya, erkin ensiklopediya

DuntinxuXitoy sharqidagi koʻl. Szyanxan tekisligida, Yanszi daryosining ung sohil vodiysida joylashgan. Qirgʻoqlari past, botqoqlashgan. Maydoni qish oylarida 4—5 ming km2 dan yoz oylarida 10—12 ming km2 ga yetadi. Suv sathi mavsumiy, 10–15 m gacha oʻzgaradi. Chuqurligi 8 m gacha. D.ga kema qatnaydigan Syanszyan, Yuanszyan, Lishuy va Szishuy daryolarining suvi quyiladi. Yanszi daryosi oqimini (5 ta irmogʻi orqali bogʻlangan) tartibga solib turadi, yoz (may— sentabr)da daryoning 40 dan 60% gacha tosh-qin suvlarini qabul qiladi. Koʻlda kema qatnaydi, baliq ovlanadi. D. atrofida sholichilik bilan shugʼullaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil