Xumuliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xumuliy, Jumaquli ibn Soʻfiy Tagʻoyi turk Urgutiy Samarqandiy (19-asr) — shoir va yozuvchi. Buxoro amiri Nasrullo (1827—60) davrida Urgutda qozilik qilgan. Oʻzbek va tojik tillarida nasr va nazmda ijod etgan, tarixiy asarlar ham yozgan. Zamondosh olim va shoirlarning tarjimai holini yozib qoldirgan. X.ning "Tarixi Xumuliy", "Manzumoti tarixiy", "Shoh va gado", "Devoni Xumuliy", "Shayx Musoxon adDahbidiyning tarjimai holi" kabi asarlari bor. "Tarixi Xumuliy"da baʼzi bir darvesh shayxlarning tarjimai holidan va mangʻitlar sulolasi tarixidan maʼlumotlar keltirilgan. "Manzumoti tarixiy" asarida esa 1870 y. sodir boʻlgan tarixiy voqealar sheʼr bilan bayon qilinadi.