Xoh inon, xoh inonma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Xoh inon, xoh inonma“
Abdulla Shomagʻrupov qoʻshigʻi
Til Chigʻatoy tili
Davomiyligi 4:58
Matn muallif(lar)i Lutfiy
„Xoh inon, xoh inonma“ matni[1].

 
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.  
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.

Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin Yoʻqtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.  
Usruk koʻzing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.  

Yaʼqub bikin koʻp yigʻidin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.  
Oy yuzungʻa koʻz solgʻali oʻzga kishi birla, Yoʻqtir nazarim, xoh inon, xoh inonma.  

Ishq oʻtida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.

Xoh inon, xoh inonma“ – Lutfiy tomonidan yozilgan mashhur gʻazal. Gʻazal koʻplab sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan va etilmoqda. Nola guruhi tomonidan ijro etilgan versiyasi xalq orasida mashhur. Qoʻshiqni Nola guruhi aʼzosi Abdulla Shomagʻrupov ijro etgan. Bu qoʻshiq, shuningdek, Kichkina tabib filmida ham namoyish etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lutfiy „"Xoh inon, xoh inonma" radifli g'azal | Lutfiy“ (uz). Tafakkur. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.